«Mançester Yunayted» Saudiya Arabistoni kompaniyasi tasarrufiga ötişi mumkin
E'tiborli jihati, mazkur kompaniyaning «Nyukasl» klubiga egalik qiluvçi Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamğarmasiga (PIF) aloqasi yöq.
Angliya Premyer-ligasida qiyin davrni boşdan keçirayotgan «Mançester Yunayted» klubining mulkdorlari özgarişi mumkin. Saudiya Arabistonidan yangi investorlar klubni töliq sotib olişga qiziqiş bildirmoqda.
Indykaila News ma'lumotiga köra, Saudiya Arabistoni hukumati kömagidagi mustaqil kompaniya Angliya grandini xarid qiliş masalasida yuqori martabali amaldorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
E'tiborli jihati, mazkur kompaniyaning «Nyukasl» klubiga egalik qiluvçi Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamğarmasiga (PIF) aloqasi yöq.
Avvalroq jurnalist Ben Jeykobs sönggi bir yil davomida Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari investorlari «Mançester Yunayted»ni sotib oliş imkoniyatlarini örganganini ma'lum qilgan edi.
Ayni paytda Gleyzerlar oilasi va britaniyalik milliarder Jim Retkliff klubning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.
Sport natijalariga kelsak, «Mançester Yunayted» joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining 11 turida atigi 8 oçko jamğarib, turnir jadvalida 19-örinni egallab turibdi.