Sky Sports APL tarixidagi eng yaxshi markaziy himoya juftliklarini aniqladi
Reytingni tuzişda juftliklarning birga ötkazgan öyinlari soni, har bir bahsda ötkazib yuborgan örtaça gollari, golsiz öyinlari va ğalabalari ulushi hisobga olindi.
Sky Sports reytingida «Arsenal» afsonalari Martin Kioun va Toni Adams birinçi örinni egalladi. Reytingni tuzişda juftliklarning birga ötkazgan öyinlari soni, har bir bahsda ötkazib yuborgan örtaça gollari, golsiz öyinlari va ğalabalari ulushi hisobga olindi.
🥇 Martin Kioun va Toni Adams («Arsenal») — 151 ta öyinda birga maydonga tuşgan. Ular har bir bahsda örtaça 0,71 ta gol ötkazib yuborgan, öyinlarning 51 foizida darvoza daxlsizligini saqlagan va 52 foizida ğalaba qozongan.
🥈 Rio Ferdinand va Nemanya Vidiç («Mançester Yunayted») — 134 ta öyin, har bir bahsda örtaça 0,72 ta ötkazib yuborilgan gol va 69 foiz ğalaba.
🥉 Jon Terri va Rikardu Karvalyu («Çelsi») — 102 ta öyin, 72 foiz ğalaba. Juftlik öyinlarning 54 foizida gol ötkazib yubormagan. Bu kuchli üçlikdagi eng yaxşi natija.
«Arsenal»ning yana bir juftligi — Vilyam Saliba va Gabriel Magalyayns yettinçi örinda. Ular 113 ta bahsda birga öynab, har bir uçraşuvda örtaça 0,79 ta gol ötkazib yuborgan va öyinlarning 70 foizida ğalaba qozongan.
«Liverpul» safida 72 ta bahsda birga maydonga tuşgan Virjil van Deyk va Joel Matip töqqizinçi örinni egalladi. Ularning körsatkiçi har bir öyinda örtaça 0,81 ta ötkazib yuborilgan gol va 71 foiz ğalaba. Önlikni «Liverpul»ning yana bir juftligi — Jeymi Karrager va Sami Hyuyupya yakunladi.