Xorvatiya bosh vaziri: Xalqaro huquq ‒ tartib va zulm o‘rtasidagi chegara
Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida xalqaro huquq tartib va zulm o‘rtasidagi chegara ekanini ta’kidladi. Bu haqda ushbu mamlakat mintaqaviy televideniyesi tahririyati xabar tarqatgan.
– Xorvatiya hamkorlikning yuqori cho‘qqisi sifatida insoniy munosabatning ko‘p tomonlama shaklini qo‘llab-quvvatlaydi, degan u. – Bu soddaligimiz emas, balki muqobillikni ko‘ra olganimiz, his qilganimizdan.
Uning aytishicha, Xorvatiya tajovuzni boshdan kechirgan, o‘zini himoya qilgan va yangilangan, so‘ngra o‘z demokratiyasini rivojlantirgan va jahon tashkilotlariga integratsiyalashgan mamlakatdir.
– Davom etayotgan Rossiya – Ukraina urushi bu qoidaning jiddiy buzilishidir, – deya ta’kidladi Plenkovich. – Tinchlik fathni ma’qullamaydi, tiklanishni adolatdan ajratib bo‘lmaydi.
A.Mamatov, O‘zA