Qurultoy MSK a’zolari nomzodini ma’qulladi
"Kazinform" xabar berishicha, bugun Qurultoy yig‘ilishida deputatlar Prezident Qosim-Jomart Toqayev Markaziy saylov komissiyasi a’zolari lavozimiga tayinlashga tavsiya etgan nomzodlarni ma’qulladi.
Prezident Administratsiyasi rahbari ushbu ro‘yxatni e’lon qilgan.
Deputat Unzila Shapaq Konstitutsiyaviy qonunchilik, sud tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qo‘mitasi Qozog‘iston Respublikasi Qurultoyi va deputatlar maqomi to‘g‘risidagi mamlakat Konstitutsiyaviy qonuni 27-moddasi 4-bandiga muvofiq davlat rahbari taqdim etgan MSK a’zoligiga nomzodlar masalasi muhokama qilinganini tasdiqladi. Shuningdek, lavozimga tayinlash uchun rozilik berish bo‘yicha xulosa chiqarilganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Qurultoy spikeri Oybek Dadebay loyihalarini ovozga qo‘ydi. Qaror har bir nomzod bo‘yicha alohida qabul qilingan.
A.Mamatov, O‘zA