Xorijdagi mehnat faoliyati O‘zbekistonda nafaqa tayinlashda hisobga olinadimi? (+video)
Bugungi kunda mamlakatimizda mehnat migratsiyasi sohasida keng ko‘lamli islohotlar yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarimizning xorijda xavfsiz va qonuniy ishlashini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, chet elga ishga ketayotgan hamyurtlarimiz uchun o‘lkamizda aynan qanday yengilliklar va subsidiyalar yaratilgan? Fuqarolarimiz xorijda soxta va’dalarga aldanib qolmaslik va o‘z huquqlarini himoya qilish uchun nimalarni bilish zarur?
Shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyatini yurtimizda nafaqaga qo‘shish, og‘ir vaziyatlarda tezkor yordam olish hamda vatanga qaytgach ishga joylashish imkoniyatlari xususida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bosh mutaxassisi Norsoat Shoymardanov bilan suhbat uyushtirdik.
Suhbatning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gYX02gAGTKc" title="Chet eldagi mehnat staji O‘zbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinadimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA