Trampning reytingi rekord darajada tushdi(mi)?
Xalqaro ijtimoiy va marketing tadqiqotlari kompaniyasi - "Ipsos" tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Trampning faoliyatini ma’qullovchi amerikaliklar ulushi 33 foizgacha pasayib, uning ikkinchi muddatidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.
Respondentlarning 64 foizi davlat rahbarining olib borayotgan siyosatidan norozi ekanini bildirgan bo‘lsa, qolgan aholi hali bir to‘xtamga kelmagan. Tadqiqotda ishtirok etganlarning 80 foizi AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik uzoq vaqt saqlanib qolishini taxmin qilmoqda, faqatgina 16 foiz aholi nizo bir necha hafta ichida barham topishiga ishonadi.
Ma’lumot uchun, Trampning qo‘llab-kuvvatlanish darajasi 2025-yilning yanvar oyida 47 foiz bilan eng yuqori cho‘qqiga chiqqan edi, ammo shu vaqtgacha uning reytingi 34 foizdan pastga tushmagan edi.
Joriy yilning aprel va iyun oylarida aynan shu ko‘rsatkich qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, Trampning birinchi prezidentlik davrida ham 2017-yilning dekabrida reyting 33 foizgacha pasaygan edi. Mazkur so‘rovnoma 14–17-avgust kunlari Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab 1166 nafar katta yoshli fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA