Xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda ilmiy-amaliy tajriba orttirayotgan surxondaryolik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilar ta’lim jarayonida orttirgan bilim va tajribalari, zamonaviy yondashuvlar hamda Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir taklif va tashabbuslarini taqdim etdi.
[gallery-30447]
Muloqotda viloyat rahbariyati, tegishli tashkilotlar mas’ullari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, bildirilgan taklif va g‘oyalar muhokama qilindi. Ilg‘or tashabbuslarni amaliyotga joriy etish, yoshlarning intellektual salohiyatidan hududni rivojlantirishda samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud taraqqiyotiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA