Rossiyadagi saylovlar, transport-logistika loyihalari, 300 ming dollarlik o‘zlashtirish va sport xabarlari – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan maktubi, transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi hamda bankdagi omonatdan 300 ming AQSH dollari o‘zlashtirilgani aniqlangani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan biologik faol qo‘shimchalar, vitaminlar va turli malham hamda damlamalar reklamalariga qo‘yilayotgan talablar, Yaponiyada davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik MMA sportchilarining ishtiroki hamda Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi terma jamoamizning natijalari o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuridddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA