Xorij xabarlari (+video)
Urush, tabiiy ofatlar va dunyoni hayratga solgan siyosiy qarorlar... Eng muhim xalqaro voqealar bilan "Xorij xabarlari" dasturida tanishing
- Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan halokatli zilziladan deyarli bir oy o‘tib, La Guaira shtatidagi vayronalar ostidan tirik mushuk qutqarib olindi.
- Afg‘onistonning Nuriston viloyatida kuchli yog‘ingarchilik sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq fuqaro bedarak yo‘qoldi.
- Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaroning o‘g‘li Eduardo Bolsonaro AQSHda doimiy yashash huquqini beruvchi grin-kartani qo‘lga kiritdi.
- Vengriya bosh vaziri Peter Madyar afsonaviy shaxmatchi Yudit Polgarni mamlakat prezidenti lavozimiga taklif qildi.
- Nikaragua prezidenti Daniyel Ortega mamlakatda bundan buyon prezidentlik saylovlari o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.
- Qatar, Misr, Pokiston va boshqa mintaqaviy vositachilar AQSH hamda Eronga 10 kun muddatga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/L3nWRS2fl7Q"
title="YouTube video player"
frameborder="0"
allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share"
referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin"
allowfullscreen>
</iframe>
Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA