Xorazmdagi kiçik sanoat zonalari hudud taraqqiyotiga xizmat qilmoqda
Kiçik sanoat zonalari – davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga keng jalb qilingan va özini oqlayotgan tizim. Bu işbilarmonlar uçun avvalo qator imtiyoz va qulayliklar degani. Ikkinçi tomondan işlab çiqariş quvvatlarining bir manzilda joylaşişi ularni energiya resurslari bilan taʼminlaş, oqova suv tarmoqlari, yöl, transport-logistika infratuzilmalari bilan qamrab oliş imkoniyatlarini ham oşiradi.
Umuman olganda, 2016-yilda ham Özbekiston miqyosida “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax” kabi maxsus industrial zonalarni hisobga olmaganda bunday majmualar mavjud bölmagan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrda qabul qilgan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni mamlakatimizda sanoat zonalarini taşkil etiş böyiça keng kölamli çora-tadbirlarni boşlab berdi. Bugunga kelib Özbekistondagi sanoat hududlarining soni 978 taga yetdi.
Qadimdan savdo-sotiq, yirik hunarmandçilik markazi bölgan Xorazmda bundan ön yil oldin mamlakatimizning aksar hududlari qatori sanoat deyarli yöq edi. Ayni davrda viloyatda 13 ta hududda 151,7 gektar yer maydonida kiçik sanoat zonalari joylaşgan. Ularda şu kungaça 400 dan ortiq loyihalar amalga oşirilgan. Eng muhimi uşbu zonalarda 3 ming 500 nafar mahalliy aholining bandligi taʼminlangan.
Xorazm viloyatida 2018-yildan boşlab kiçik sanoat zonalari taşkil etila boşlandi. Öşa paytda bunday işlab çiqariş maydonlari jami 6 ta bölgan bölsa, hozirda ular soni 31 taga yetgan. Işga tuşgan loyihalar doirasida 530,7 milliard söm sarmoya kiritilib, miqdor 6 barobarga oşgan.
– 2018-yildan oldin Xorazm viloyati agrar sohaga ixtisoslaşgan hududlar sirasiga kirar edi, – deydi viloyat hokimligi huzuridagi kiçik sanoat zonalari direksiyasi şuʼba mudiri Uluğbek Matyoqubov. – Öşa yilda davlatimiz rahbari tomonidan Xorazm uçun çiqargan maxsus qarorlariga asosan viloyatning törtta hududida kiçik sanoat zonalari taşkil qilindi. Ana şu törtta zonaning umumiy maydoni esa atigi 18 gektar bölib, 100 nafar işçi örni bilan taşkil etilgan. Bu zonalardagi korxonalar samara bergaç, 2021-2024-yillarga möljallangan Prezidentimizning tegişli qarorlari viloyatga tatbiq etildi. Buning natijasida Xorazm hududida 31 ta kiçik sanoat zonalari vujudga keldi. Uşbu sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlanganligi, davlatimiz tomonidan berilgan imtiyoz va imkoniyatlar natijasida bu hududlarga tadbirkor va investorlarning özlari kelib joylaşa boşladi. Misol qilib Xonqa tumanidagi mebel işlab çiqarişga ixtisoslaşgan kiçik sanoat zonasini keltiriş mumkin. Uşbu zonada mukammal infratuzilma yaratilganligi natijasida viloyatning turli hududlarida uy şaroitida, abgor holatda mebel yasayotgan usta-duradgorlar şu yerda öz korxonasini taşkil etib, bugungi kunda zamonaviy mebellarni işlab çiqarişmoqda.
Darhaqiqat, bugun viloyatda kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş orqali mahalliy işlab çiqariş salohiyati oşmoqda.
Amalga oşirilgan loyihalar doirasida 2026-yilning 9 oyi davomida 222,5 milliard sömlik mahsulotlar işlab çiqarilib, 4,2 million dollarlik tovar eksportga yönaltirilgan. Bular asosan tekstil va qoğoz mahsulotlari. Eksport hajmi esa 2025-yilga nisbatan deyarli ikki barobar oşgan. Viloyatdagi sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida jami 257,8 milliard sömlik mablağlar ajratilgan.
– Şuni alohida qayd etiş kerakki, kiçik sanoat zonalarining har biri uşbu hudud salohiyatidan kelib çiqqan holda taşkil etilgan, – deydi viloyat hokimligi kiçik sanoat zonalari direksiyasi şuʼba mudiri Uluğbek Matyoqubov. – Misol uçun, Hazoraspda maişiy texnikalar, gul qoğozlari işlab çiqarilsa, Xonqada mebelsozlik, Yangibozorda tikuvçilik kabi yönalişdagi korxonalar faoliyati yaxşi yölga qöyilgan.
Yangibozor tumanidagi kiçik sanoat zonasida joylaşgan tikuvçilik korxonasida asosan eksportbop mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Mavjud xomaşyo resurslaridan samarali foydalanilib, aholi bandligi ham taʼminlanyapti.
– Kiçik sanoat zonasining yarim gektar maydonida joylaşgan korxonamizda asosan yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qiladigan xotin-qizlar işlaydi, – deydi tadbirkor Bunyod Allaberganov. – Hozirda birinçi bosqiçda yuzta iş örni yaratganmiz. Kelgusi yilda ikkinçi bosqiçda yana yuzta, jami ikki yuzta işçi bilan faoliyatimizni davom ettiramiz. Hozirda mahsulotlarimiz asosan Rossiya va Qozoğiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Kiçik sanoat zonasida eng katta imtiyoz bu infratuzilmaning davlat tomonidan yaratib berilganligidir. Çunki, yöllarimizni asfaltlaş, gaz, elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlarining barçasi davlat hisobidan amalga oşirildi. Hatto, korxonamizning öziga alohida elektr transformatorigaça örnatib berildi.
Urganç şahridagi kiçik sanoat zonasining özida 30 ga yaqin loyiha amalga oşirilgan bölib, asosan oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariladi. Jumladan, göşt mahsulotlaridan 32 xil turi tayyorlanayotgan "Khorezm Myma Global" masʼuliyati çeklangan jamiyatida 20 nafardan ortiq iş örni yaratilgan bölib, korxona rahbarining taʼkidlaşiça, maxsus zonaga faoliyat boşlaganidan keyin işlar ança oldinga siljigan.
– Uşbu kiçik sanoat zonasidan bino olganimizdan söng avvaliga 1 million dollar miqdorida investitsiya kiritdik, – dedi tadbirkor Ötkir Matyoqubov. – Elektr, gaz, suv va boşqa infratuzilmalardan umuman muammo bölmadi. Bu şaroitda işlaşdan barça tadbirkorlar mamnun. Çunki, barça infratuzilmadagi muammolar bilan hudud maʼmuriyati şuğullanadi. Biz eʼtiborimizni faqat işlab çiqariş va faoliyatimizni kengaytirişga qaratamiz. “Saxiy” brendi ostidagi göşt va kolbasa mahsulotlarimizni içki va taşqi bozorlarga öz vaqtida yetkazib bermoqdamiz.
[gallery-32717]
Muxtasar qilib aytganda, bugungi raqobat şaroitida sanoat zonalarining samaradorligi faqat taşkil etilgan korxonalar soni bilan emas, balki ularning barqaror faoliyati, işlab çiqariş hajmi va bozor talabiga mos mahsulotlari, yaratilgan iş örinlari bilan belgilanadi. Xullas, Xorazmdagi kiçik sanoat zonalaridagi işlar hudud taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari