Xorazmda tibbiy turizm yanada rivojlanmoqda
Xiva shahrida o‘tkazilgan II xalqaro “Xorazm Xonlari milliy taomlari” gastronomik festivali doirasida OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus infotur tashkil etildi.
Infoturning asosiy maqsadi Xorazmning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududdagi yangi turizm yo‘nalishlari va ob’ektlarini media vakillariga yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.


Infotur ishtirokchilari Xonqa sanatoriyasiga tashrif buyurib, hududdagi tibbiy-sog‘lomlashtirish turizmi imkoniyatlari bilan tanishdi. Sanatoriyaning sog‘lomlashtirish xizmatlari va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.


Shuningdek, ishtirokchilar Urganch shahridagi “Lazgi” muzeyiga tashrif buyurib, o‘zbek raqs san’atining noyob namunasi – “Lazgi”ning tarixi, rivojlanishi va madaniy ahamiyati bilan yaqindan tanishdi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri