Xorazmda hududiy “Pro-Tur” bahslari yakunlandi(+video)
Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida stol tennisi bo‘yicha yangi formatdagi hududiy “Pro-Tur” musobaqalari o‘tkazildi.
Ilk bor mamlakatimiz hududlari 5 ta mintaqaga birlashtirilib, har bir mintaqa uchun 10 million so‘mlik sovrin jamg‘armasiga ega “Pro-Tur” yakkalik musobaqalari yagona tizim asosida o‘tkazildi.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuqori natijalarga ega, tajribali stol tennisi ustalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.
Ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu hududiy “Pro-Tour” musobaqasida jami 128 nafar sportchi, jumladan, 81 nafar erkak va 47 nafar ayol ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori natija uchun o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida
1-o‘rinni Muhammad O‘ktamboyev(Xorazm viloyati),2-o‘rinni Amirxon Matniyazov(Qoraqalpog‘iston Respublikasi),3-o‘rinni Alisher Egamberganov( Xorazm viloyati), Aslbek Komilov(Xorazm viloyati) qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida esa 1-o‘ringa Mubina Marimbayeva( Xorazm viloyati),
2-o‘ringa Gulxan Jalg‘asbayeva( Qoraqalpog‘iston Respublikasi),
3-o‘ringa Fotimaxon Matrizayeva( Xorazm viloyati), Kunsulu Qoshmuratova( Qoraqalpog‘iston Respublikasi) sazovor bo‘ldi.
– Biz ushbu musobaqada ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tdik, – deydi qoraqalpog‘istonlik sportchi Gulxan Jalg‘asbayeva. – O‘yinlar juda adolatli bo‘lib o‘tdi. Raqiblarim ham kuchli sportchilar bo‘ldi. Men barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zimni sinab ko‘rdim. Tashkilotchilik ishlari ham ma’qul bo‘ldi. Eng muhimi, har kim o‘zining mahoratini ko‘rsata oldi.
[gallery-31751]
Bunday sport tadbirlari stol tennisini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarziga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi tomonidan ajratilgan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
<iframe width="1060" height="596" src="https://www.youtube.com/embed/0ujObmAioxo" title=""Yangi formatdagi hududiy musobaqa"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat, video),
O‘zA muxbirlari