Taxmina Ikromova Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining badiiy gimnastika bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Jumladan, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova Osiyo o‘yinlarining yakkalik ko‘pkurash dasturi finalida ishtirok 112,950 ball jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Osiyo o‘yinlarining o‘n uchinchi kuni yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 21 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza — jami 67 ta medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA