Marat Mavlonov Osiyo o‘yinlarida kumush medalga ega chiqdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan o‘rin olgan taekvondo WT bahslarida sportchilarimiz ikkinchi medalga ega bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, taekvondo WT bo‘yicha +80 kilogramm vazn toifasining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida hamyurtimiz Marat Mavlonov kutilmaganda eronlik Arian Salimiyga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 21 ta oltin 24 ta kumush va 23 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA