“Xorazm Open 2” musobaqasi g‘olibi aniqlandi
Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmuasida kikboksing bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Xorazm Open 2” ochiq musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun bahslashib, o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etdi.
Finalga qadar ikki kun davom etgan havaskorlar o‘rtasidagi bahslarda 250 ga yosh sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqa finalida O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Normetov hamda Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova so‘zga chiqib, sportchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng professional janglar boshlandi. Bir-biridan qizg‘in janglar, shiddatli va murosasiz kechdi.

Natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik kikbokschi Go‘zal Yusupovaning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi janglarda Xorazm sportchisi Jabborberdi Jabborov yorqin jang ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri