Xonobodda köçat ekiş işlari davom etmoqda
Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi kuz mavsumi doirasida Andijon viloyatining barça tuman va şaharlarida köçat ekiş işlari qizğin davom etmoqda. Bu borada Xonobod şahrida ham eʼtiborga molik işlar olib borilmoqda.
Loyiha kuz mavsumining dastlabki kunlarida Xonobod şahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov boşçiligida keng jamoatçilik vakillari iştirokida Xontoğ adirligining 7 gektar maydonida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida mazkur hududga 3 ming 500 tup manzarali daraxt köçatlari ekilişi rejalaştirilgan.


– Kuz mavsumida şahrimizda 196,3 ming tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ekilişi belgilangan, – deydi Xonobod şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği Akmaljon Qambarov. – Şu kunlarda köçat ekiş işlari mahallalar, jamoalarda belgilangan reja asosida davom etmoqda.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, ekilişi rejalaştirilgan köçatlarning 81,6 ming tupi mahallalar, 44,6 ming tupi Obodonlaştiriş boşqarmasi, 5,7 ming tupi taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalari, 13,8 ming tupi boşqa taşkilot va korxonalar hududlariga, şuningdek, 9 ming tupi daryo va kanallar böylariga, 14,6 ming tupi avtomobil va temir yöllari çetlariga ekilişi közda tutilgan. Bundan taşqari, çiqindi poligonlari atrofida ihota hududlari taşkil etiş uçun 2 ming tup, sanoat korxonalarida barpo etiladigan “Yaşil belboğlar”ga 25 ming tup köçat ötkaziladi.


Uşbu ezgu taşabbusda mahalla faollari, nuroniylar, yoşlar, mehnat jamoalari, ayniqsa, Obodonlaştiriş boşqarmasi işçi-xizmatçilari faol iştirok etib, yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik muhitni yanada yaxşilaşga munosib hissa qöşmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri