Murojaatlar soni ötgan yilga nisbatan 6,7 mingtaga kamaydi
Soliq tölovçilarning murojaatlari, ularda kötarilayotgan masalalar va muammolarni hal etiş samaradorligi soliq xizmati organlari faoliyatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada raqamli xizmatlarni kengaytiriş, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratiş hamda murojaatlarning kelib çiqiş sabablarini bartaraf etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Soliq qömitasining Jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Nilufarxon Ğanixöjayeva iştirokida ötkazilgan brifingda bu borada amalga oşirilayotgan işlar sarhisob qilindi.
Taʼkidlanganidek, 2026-yilning 9 oyi davomida Soliq qömitasiga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 35 ming 42 ta murojaat kelib tuşgan. Bu ötgan yilning mos davridagi 41 ming 821 ta murojaatga nisbatan 6 ming 779 taga kam.
Hududlar kesimida eng köp murojaat Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, 12 ming 775 tani taşkil etgan. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati (3 213 ta), Samarqand viloyati (2 903 ta), Qaşqadaryo viloyati (2 460 ta), Farğona viloyati (2 131 ta) va Andijon viloyati (1 930 ta) qayd etilgan. Kelib tuşgan murojaatlarning barçasi belgilangan tartib va muddatlarda körib çiqilgan.
Şuningdek, uşbu davrda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali soliq organlariga 22 ming 496 ta murojaat yönaltirilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 804 taga kam. Ularni körib çiqiş natijasida qanoatlantiriş körsatkiçi 96,3 foizga yetgan.
– Murojaatlar sonining kamayişida soliq sohasiga joriy etilayotgan raqamli yeçimlar ham muhim örin tutmoqda. Bugungi kunda soliq tölovçilar köplab xizmatlardan soliq organlariga bormasdan, masofadan turib foydalaniş imkoniyatiga ega. Soliqlarni hisoblaş, hisobotlarni şakllantiriş va yuboriş, tölovlarni amalga oşiriş hamda zarur maʼlumotlarni oliş jarayonlari tobora avtomatlaştirilmoqda.
Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida işlab çiqilgan AI soliq platformasi soliq tölovçilarga tezkor maslahat va amaliy yordam körsatişga xizmat qilmoqda.
Yana bir muhim yangilik esa soliq hisobotlarining proaktiv tarzda avtomatik şakllantirilişi. Bunda soliq tölovçi hisobotni mustaqil ravişda qayta tayyorlaşi şart emas. Unga tayyor holda şakllantirilgan hisobotni tekşiriş, zarur bölsa, tuzatiş kiritiş va elektron tasdiqlaş imkoniyati yaratilgan, – dedi N.Ğanixöjayeva.
Brifingda qayd etilganidek, asosiy eʼtibor faqat kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqişga emas, balki ularga sabab bölayotgan muammolarni aniqlaş va bartaraf etişga qaratilmoqda. Bu esa aholi va tadbirkorlar uçun soliq xizmatlaridan foydalanişda yanada qulay şaroit yaratiş, ortiqça ovoragarçiliklarni kamaytiriş hamda takroriy murojaatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA