“Ayollar daftari”: yordam turlari va mexanizmlari yangilandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Oila va xotin-qizlar qömitasining “Ayollar daftari” tizimidagi yangiliklarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Matbuot anjumanida ehtiyojmand xotin-qizlarga körsatiladigan yordamlarning yangi turlari, ulardan foydalaniş şartlari va moliyalaştiriş tartibi haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, Prezidentning 2026-yil 11-sentabrdagi «Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni doirasida “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş va yordamlarni taqdim etiş mexanizmlari yangilandi.
[gallery-32365]
Jamğarma hisobidan körsatiladigan yordam va xizmatlar 11 tadan 18 taga yetkazildi. Jumladan, 6 tasining amaldagi tartibi saqlandi, 5 tasi takomillaştirildi, 7 ta yangi yönaliş qöşildi. Takomillaştirilgan yordamlar orasida tibbiy xizmatlar muhim örin tutadi. Jarrohlik amaliyotisiz davolanişga 22 million sömgaça, ilgari nazarda tutilmagan diagnostika tekşiruvlariga 4,4 million sömgaça mablağ ajratiladi.
Operatsiya xarajatlari davlat yoki xususiy tibbiyot muassasasi bilan tuzilgan şartnoma asosida qoplanadi. Uy-joyni taʼmirlaş uçun 22 million sömgaça yordam miqdori saqlanib, moliyalaştiriş tartibi özgartirildi. Ijara tölovining 50 foizini qoplaş doirasida kompensatsiya tuman va şaharlarda 2,2 million sömgaça, Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2,64 million sömgaça oşirildi.
Şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning tegişli talablarga javob beruvçi xotin-qizlari yoki ikki va undan ortiq farzandining bir nafari uçun oliy taʼlim tölov-kontraktining 50 foizigaça, biroq 22 million sömdan oşmagan qismi qoplanadi. Endilikda uşbu yordam kunduzgi bilan birga keçki va masofaviy taʼlimga ham tatbiq etiladi, uşbu yordam yilda bir marta ajratilişi mumkin. Agar oila ehtiyojmand bölsa, har yili tölab berilişi mumkin.
Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uçun kompensatsiya tölab beriş tarzidagi ijtimoiy yordamni körsatiş tartibi ham soddalaştirildi. Bunda, ehtiyojmand 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarning ijara tölovining 50 foizi, biroq BHMning 5 baravarigaça - 2 million 200 ming sömgaça, Toşkent va Nukus şahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 6 baravarigaça - 2 million 640 ming sömgaça tölab beriladi. Ijara kompensatsiya pullari oldinga nisbatan BHMning 3 baravarigaça - 1 mln 320 ming sömgaça oşirildi.
Yordam ajratişda tuman (şahar) ştablarining vakolatlari kengaytirilib, oilalarning haqiqiy ehtiyojidan kelib çiqib qaror qabul qiliş imkoniyati yaratildi.
“Ayollar daftari” tizimiga kiritilayotgan bu galgi yangiliklar xotin-qizlarni şunçaki ijtimoiy nafaqa bilan taʼminlaş emas, balki ularni muqim daromad manbaiga ega qilişga qaratilgani bilan ahamiyatli. Körsatilayotgan yordam turlarining kengaytirilişi va moliyalaştiriş tizimining raqamlaştirilgani mablağlarning öz egalariga şaffof yetib borişini taʼminlaydi. Zero, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligiga investitsiya kiritiş — mamlakatning barqaror rivojlanişi va kelajak avlod farovonligining mustahkam kafolati.
Gulnoza Boboyeva,
Öktam Hayitov (surat),
ÖzA