Xitoyda "Boeing-737" halokatining ehtimoliy sababi aniqlandi
AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) 2022-yil 21-martda yuz bergan "China Eastern Airlines" aviakompaniyasiga tegishli "Boeing" 737-800 samolyotining halokatini yoqilg‘i ta’minotidagi uzilish bilan bog‘ladi, deb xabar bermoqda "South China Morning Post" nashri.
NTSB xulosalariga ko‘ra, “Boeing-737” dvigatelning majburiy o‘chirilishi tufayli quvvatni yo‘qotgan. 8839 metr balandlikda ikkala dvigatelning yonilg‘i dastaklari "o‘chirish" holatiga o‘tkazilgan. Bu uchuvchilar kabinasida qasddan qilingan harakatlarni ko‘rsatadi.
XXR rasmiylari milliy xavfsizlik muammolarini aytib, halokat bo‘yicha yakuniy hisobotni hali e’lon qilmadi. Tergov Xitoy Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. “Boeing-737” uchog‘ini ishlab chiqaruvchi sifatida AQSH tomoni ham ishda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, MU5735 reysining halokati Xitoyda so‘nggi o‘n yilliklar ichida sodir bo‘lgan eng fojiali aviahalokat edi va unda 123 yo‘lovchi va 9 ekipaj a’zosi qurbon bo‘lgan.
G.Sattorova, O‘zA