Xitoy qişloqlarida qişki turizm: qorli toğlar aholi daromad manbaiga aylanmoqda
Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonida qişki turizm mavsumi qizğin pallaga kirdi. Oltoy toğlari bağrida joylaşgan Koktokay xalqaro toğ-çanği kurortida yangi mavsum boşlanganidan buyon 75 mingdan ziyod sayyoh qabul qilindi. Bu yerda qişki dam oliş mavsumi nafaqat sayyohlik infratuzilmasini, balki atrofdagi qişloqlar iqtisodiy hayotini ham özgartirmoqda.
Kurortning marketing va rejalaştiriş bölimi xodimi Çjao Tinyuyning maʼlum qilişiça, joriy yil 20-oktabr kuni oçilgan mavsum Xitoyda oçiq havodagi toğ-çanği kurortlari orasida birinçi bölib boşlangan. Dastlabki kunlardanoq sayyohlar oqimi yuqori bölib, dam oliş maskaniga talab ortgan.
Kurort yaqinidagi Fuyun uyezdi Koktokay qörğoniga qaraşli Talate qişloğida ham bu özgarişlar yaqqol sezilmoqda. Ilgari asosan dehqonçilik va çorvaçilik bilan kun keçirgan aholi bugun mehmon uylari, sayyohlarga xizmat körsatiş va otlarda sayr uyuştiriş orqali qöşimça daromad topmoqda.
Qişloq aholisidan biri Kuliparan Xabuilixaze oilasi bilan mehmon uyi taşkil etgan. Uning aytişiça, yoz va kuzda maktab öquvçilari hamda talabalar uçun taʼlimiy sayohatlar taşkil etiladi, qiş va bahorda esa toğ-çanği sporti işqibozlari qabul qilinadi. Sönggi kunlarda mehmon uyida böş joy deyarli qolmayapti. Oilaning yillik sof daromadi 100 ming yuandan oşgan.
– Uyimiz ostonasidagi qorli toğ endi oilamiz uçun haqiqiy oltin konga aylandi, – deydi u.
Albatta, bu natija öz-özidan yuzaga kelmagan. Dastlab qişloq aholisi orasida mehmonxona biznesini yölga qöyiş, sayyohlarga xizmat körsatiş borasida tajriba va tuşunça yetarli bölmagan. Şu bois mahalliy rahbarlar ularni boşqa hududlardagi sayyohlik maskanlari faoliyati bilan taniştirgan, ovqat tayyorlaş, mehmon kutiş va servis xizmatlarini taşkil etiş böyiça maxsus öquv kurslari ötkazgan.
Talate qişloği partiya yaçeykasi kotibi Şala Entemakning taʼkidlaşiça, bugun turizmdan tuşayotgan daromad qişloq aholisining yillik umumiy daromadida qariyb 70 foizni taşkil etmoqda. Şu tariqa, qişki turizm mahalliy aholi uçun mavsumiy maşğulotdan barqaror daromad manbaiga aylanib bormoqda.

Yana bir eʼtiborli jihat – sayyohlik sohasining rivojlanişi yoşlarning öz tuğilgan hududiga qaytib, mehnat faoliyatini şu yerda davom ettirişiga ham zamin yaratmoqda. Masalan, Koktokay qörğonilik Kuliçati Muxayati 2020-yilda universitetni tamomlagaç, öz yurtiga qaytib, toğ-çanği kurortida kanat yöli operatori bölib iş boşlagan. Uning aytişiça, bu yerda işlaş barqaror daromad topiş bilan birga ota-onasiga yaqin böliş imkonini ham beradi. Bugun uning hamkasblarining yarmidan köpini mahalliy yoşlar taşkil etadi.
Oltoy toğlari etaklarida joylaşgan Koktokay ilgari konçilik qörğoni sifatida tanilgan bölsa, bugun sayyohlik markaziga aylanmoqda. Hududda qorning möl yoğişi, balandliklar örtasidagi katta farq va qor qoplamining uzoq saqlanişi qişki turizmni rivojlantiriş uçun qulay şaroit yaratgan.
Qörğon partiya qömitasi kotibi Syuy Boning qayd etişiça, mahalliy hokimiyat qişki turizmni iqtisodiyotni diversifikatsiya qilişning muhim yönalişlaridan biri sifatida körmoqda. Bunda eʼtibor faqat toğ-çanği sporti yoki diqqatga sazovor joylarni tomoşa qiliş bilan çeklanmayapti. Sayyohlarga hududning madaniyati, turmuş tarzi bilan yaqindan tanişiş, mazmunli dam oliş imkonini beradigan xizmatlar kölami ham kengaytirilmoqda.
Umuman, Koktokay tajribasi tabiiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş, turizmni mahalliy iqtisodiyot bilan boğlaş va aholi bandligini taʼminlaş orqali qişloqlar taraqqiyotiga yangi surʼat beriş mumkinligini körsatmoqda. Bu yerda qorli toğlar nafaqat sayyohlarni öziga jalb etuvçi manzilga, balki mahalliy aholi uçun yangi kasb, iş örni va farovonlik manbaiga aylanmoqda.
Nilufar Bozorova, ÖzA