BMT inqiroz tufayli oziq-ovqat narxi kötarilişidan xavotirda
BMT Jahon oziq-ovqat dasturi 2027-yil örtasiga kelib oziq-ovqat, yonilği va transport narxi oşişi tufayli 727 million dollar qöşimça xarajatga duç kelişi mumkin.
– Bu Ukraina va Yaqin Şarqdagi mojaro oqibatida taʼminotdagi uziliş tufayli dunyo böylab 7,3 million kişiga yordam körsatiş imkoniyatiga tahdid soladi, – deydi tuzilma ijroçi direktori Lyuk Lindberg Xavfsizlik kengaşining “Ukrainada tinçlik va xavfsizlikni saqlaş” tadbirida sözlagan nutqida.
Uning sözlariga köra, Yaqin Şarqda vaziyat keskinlaşgaç, oziq-ovqat va yuk taşiş xarajati ortdi. Ayniqsa importga boğlangan, oziq-ovqat xavf ehtimoli yuqori mamlakatlar sezilarli taʼsirga uçragan.

Dastur rahbari asosiy oziq-ovqat taʼminoti yöli tösib qöyilgani, xususan Hurmuz va Bob Al-Mandib böğozlari, şuningdek Qora dengiz atrofida kema qatnovi xavf ostida qolgani oziq-ovqat eksporti va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berişni sezilarli darajada murakkablaştirganini taʼkidladi.
Maʼlumki, Qora dengiz mintaqasi dunyodagi eng köp don işlab çiqaruvçi hudud hisoblanadi. Don mahsulotlari tanqisligi muammosi oçarçilik xavfi ostida qolgan Somali va hozir 90 foiz importga tayangan Yaman kabi mamlakatlar uçun juda dolzarb.
– Ukraina va Polşa don omborlari töla, Somali, Sudan va Janubiy Sudandagi oilalar esa halokatli oçarçilikdan aziyat çekmoqda, – deydi Lindberg. – Muammo işlab çiqarişda emas, siyosatda. Don bor, lekin muhtojlarga yetib bormayapti.

Şuningdek, mulozim keyingi mavsum qişloq xöjaligi hosili kamayişidan ham ogohlantirdi. Dunyo böylab öğit taʼminotining taxminan 30 foizi Hurmuz orqali ötadi. Mahsulot yetkazişdagi uziliş Al-Ninyo bilan boğliq iqlim muammosidan jabr körayotgan kiçik fermer xöjaliklari uçun öta açinarli natijaga olib keladi.
Tuzilma rahbari qöşimça qilişiça, hozir dunyo böylab 266 million odam öta oçlikda kun keçiryapti. Xavf uç mamlakat – Sudan, Janubiy Sudan va Somalining ayrim hududlarida juda yuqori.
Saidmurod Rahimov, ÖzA