SI saratonni davolay oladimi?
Sunʼiy intellekt saraton kasalligini beş-ön yil içida davolay olmaydi, zarur dori vositalarini işlab çiqiş jarayonini tört yilga qisqartiriş uçun ön yildan köp vaqt kerak, deydi Şveysariyaning “Novartis” farmatsevtika kompaniyasi boş direktori, “Anthropic” direktorlar kengaşi aʼzosi Vos Norasimxon.
“Financial Times” intervyu olgan mutaxassis fikriça, texnologiya sanoati muammoga “muhandislik tafakkuri” bilan yondaşadi, ammo şifokorlar, farmatsevtika kompaniyalari inson tanasi haqida qançalik kam maʼlumotga egaligimizni köradi.
– Biz duç keladigan asosiy qiyinçilik şundaki, inson tanasida sodir böladigan voqealarning atigi 5 foizini tuşunamiz, degan daʼvo bor, – deydi ekspert. – Aslida, dasturlaş va tilda ança köproq maʼlumotga egamiz. Yaʼni, SI modelining örganiş va başorat qiliş qobiliyati ança yuqori.
Avvalroq “Anthropic” boş direktori Dario Amodei “SI 10 yil içida saraton va Alsgeymer kasalligini davolaydi”, deya bayonot bergan edi.
Şveysariya farmatsevtika guruhi SIdan dori-darmon tayyorlaşning barça bosqiçlarida foydalanadi. SI odamda sinab körilişidan oldin, odatda örtaça 4 yil davom etadigan rivojlaniş bosqiçini ikki yilgaça qisqartiradigan dori kaşf etişning dastlabki bosqiçini tezlaştirişda juda muvaffaqiyatli ekanini aniqladi.
Mutaxassis fikriça, uzoq muddatli klinik sinov kelgusida ham talab qilinadi.
– Menimça, muayyan davrda bunday dorini avval jonivor, keyin inson orqali sinab köriş şartligini inkor qila olmaymiz, – deya xulosa çiqargan u.
S.Rahimov, ÖzA