Xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriladi
Andijon tumanida qişloq xöjaligi ekinlari, mevali boğlar va tokzorlarda fitosanitariya barqarorlikni taʼminlaş, zararli organizmlarning qişlov manbalarini kamaytiriş hamda 2027-yilda boğlardan möl hosil yetiştirişga tayyorgarlik masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Daladan dasturxongaça bölgan oziq-ovqat xavfsizligi zanjiri - eng avvalo, soğlom tuproq, soğlom ösimlik va töğri taşkil etilgan agrotexnik tadbirlardan boşlanadi.
Andijon viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan mutaxassislarning amaliy könikmalarini oşiriş, fitosanitariya tadbirlarini sifatli taşkil etiş maqsadida taşkil etilgan seminarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimning ösimliklar karantini va himoyasi yönalişi inspektorlari, Ösimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali xodimlari, soha mutaxassislari, fermer xöjaligi vakillari, boğbonlar iştirok etdi.
– Bugungi globallaşuv va iqlim özgarişlari şaroitida aholini sifatli, xavfsiz va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş dolzarb vazifalardan biri, – deydi viloyat Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği örinbosari Abdukarim Jalilov. – Bunda qişloq xöjaligi ekinlarida fitosanitariya barqarorlikni saqlaş, zararli organizmlarning oldini oliş va agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.


Seminarda mutaxassislar tomonidan kuz-qiş mavsumida boğlarda bajarilişi lozim bölgan fitosanitariya va agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oşiriş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Jumladan, biologik vositalardan keng foydalaniş maqsadida aldamçi tutqiç belboğlarni örnatiş hamda zararkunandalarning qişlovçi bosqiçlarini aniqlaşga qaratilgan kuzgi nazorat-yer kovlaş jarayonlari amalda körsatib berildi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, joriy yil kuz mavsumida viloyatda 19 ming gektardan ortiq mevali boğlarda kuzgi agrotexnik tadbirlarni ötkaziş, aldamçi tutqiç belboğlarni boğlaş hamda 50 ming gektar maydonda nazorat kovlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.


Şuningdek, seminarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştirişni köpaytirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yil noyabr-dekabr oylarida dala çetlari, kanal va kollektor-drenaj qirğoqlariga 7 xil turdagi eksportbop mevali daraxt köçatlarini tanlaş, ekiş va parvarişlaş böyiça mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Zero, kuzgi agrotexnik tadbirlarni samarali ötkaziş, ösimliklar, xususan, boğlarning fitosanitariya holatini yaxşilaş xalqimiz dasturxonini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşning muhim garovidir.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri