Xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhiti: 300 ming nafardan ortiq şaxs masofaviy öquv kurslarini yakunladi
Prezidentimizning 2026-yil 21-sentabrdagi «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida» qarori ijrosini taʼminlaş doirasida davlat organlari va taşkilotlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini şakllantirişga qaratilgan tizimli işlar olib borilmoqda.
Xavfsiz, soğlom va özaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini yaratiş – samarali boşqaruvning muhim şartlaridan biri. Bunda tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xizmat etikasi hamda kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantiriş har bir davlat xizmatçisidan zarur bilim va masʼuliyatni talab etadi.
Şu bois, Prezident Administratsiyasi Davlat xizmatida inson kapitalini rivojlantiriş loyiha ofisi muvofiqlaştiruvida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, BMT Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kömagida mehnat sohasida tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini olişga qaratilgan maxsus masofaviy öquv kursi işlab çiqildi.
edu.bsa.uz onlayn malaka oşiriş platformasiga joylaştirilgan, 8 moduldan iborat masofaviy kurs davlat xizmatçilariga qulay vaqtda bilim oliş, zarur kompetensiyalarini mustaqil rivojlantiriş imkonini bermoqda.
Öquv dasturidan mehnat munosabatlarida tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xizmat etikasi, özaro hurmat, kasbiy muloqot, nizoli vaziyatlarni töğri hal etiş hamda xavfsiz iş muhitini şakllantirişga oid nazariy bilimlar örin olgan.
Bugungi kunga qadar 300 ming nafardan ziyod foydalanuvçi mazkur onlayn öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, tegişli sertifikatlarga ega böldi.
Ayni paytda ham kurslarga bölgan qiziqiş ortib bormoqda. Hozirda 20 ming nafardan ortiq fuqaro uşbu kurslarda öz bilim va könikmalarini oşirişda davom etmoqda.
N.Abduraimova, ÖzA