Bola huquqlari kafolatlari: qonun ustuvorligidan amaliy natijadorlikka
Özbekistonda bola huquqlarini himoya qiliş böyiça qonunçilik va amaliyotda sönggi yillarda katta özgarişlar kuzatildi. Bu islohotlar bolalarning xavfsizligi va eng ustun manfaatlarini qanday taʼminlamoqda?
20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni
Bugun dunyo Butunjahon bolalar kunini nişonlamoqda. 1959-yilning aynan şu kuni BMT Boş Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini, 1989-yilda Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyani qabul qilgan. Özbekiston Oliy Kengaşining 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan mamlakatimiz uşbu Konvensiyaga qöşilgan. Sönggi ikki yilda milliy qonunçilikda bolaning mustaqil huquq egasi sifatidagi maqomi yanada mustahkamlandi.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Özbekistonda 0-14 yoşdagi bolalar soni 11 million 630 ming 879 nafar bölgan. Birgina şu yoş guruhi mamlakatimizdagi 38,2 million aholining 30 foizdan ortiğini taşkil etadi. Şu bois bola huquqlarini taʼminlaş taʼlim va soğliqni saqlaşdan tortib, ijtimoiy himoya va odil sudlovgaça bölgan sohalarda davlat zimmasiga alohida masʼuliyat yuklaydi.
Bu sohadagi islohotlar Prezidentimiz taşabbusi bilan izçil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son farmoni bilan 2026-2030-yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasi tasdiqlandi. 2026-yilda qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari bilan jabrlangan bolalar bilan işlaşning yangi tartiblari joriy etildi, ularning asosida qonunlarga özgartişlar kiritildi. 20-noyabr munosabati bilan bu hujjatlarga bola nuqtai nazaridan baho beriş örinli. Himoyaga muhtoj bola yordamni vaqtida olyaptimi, uning hayotiga daxldor qarorlarda öz fikri qançalik inobatga olinyapti?
Konstitutsiyaviy va qonunçilik asoslari
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bu siyosatning asosini belgilab berdi. Uning 78-moddasiga köra, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş hamda himoya qiliş, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan tölaqonli rivojlanişi uçun eng yaxşi şart-şaroitlarni yaratiş davlatning majburiyatidir. 44-modda bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soladigan, şu jumladan uning taʼlim olişiga tösqinlik qiladigan mehnatning har qanday şaklini taqiqlaydi. 77-moddaga köra, yetim bolalar va ota-onasining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni davlat va jamiyat taʼminlaydi.
Bu normalar 2008-yilda qabul qilingan «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi Qonun bilan birga sohaning özagini taşkil etadi. Joriy yilda unga muhim özgartiş kiritildi. 2026-yil 1-iyuldagi ÖRQ-1156-son Qonun bilan mazkur Qonunning 3-moddasiga «bolaning eng ustun manfaatlari» tuşunçasi kiritildi. Oila kodeksining 13 ta moddasida, Fuqarolik protsessual kodeksida hamda «Vasiylik va homiylik töğrisida»gi Qonunda «bola manfaatlari» iborasi «bolaning eng ustun manfaatlari» bilan almaştirildi.

Töğri, bolaning fikrini inobatga oliş talabi avval ham mavjud edi. Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-son qarorida ota-onadan birining moddiy-maişiy şaroiti yaxşiroq ekani bolani unga beriş uçun özi asos böla olmasligi, sud mustaqil fikrlay oladigan bolaning xohişini hisobga olişi mumkinligi tuşuntirilgan. 2026-yildagi yangilik şundaki, «eng ustun manfaatlar»ga endi qonunning özida taʼrif berildi. Ular bolaning Konstitutsiya, qonunlar va xalqaro şartnomalarda nazarda tutilgan huquqlaridan kelib çiqadi hamda bolaning öz iştiroki va fikri inobatga olingan holda aniqlanadi. Şu Qonun bilan bolaning öziga daxldor har qanday masalada, jumladan sud yoki maʼmuriy muhokamada fikr bildiriş huquqi ham mustahkamlandi. Şu tariqa Konvensiyaning 3-moddasidagi eng ustun manfaat va 12-moddasidagi bolaning eşitiliş huquqi milliy qonunçilikda aniq mezonga ega böldi.
Bolani zöravonlikdan himoya qilişda nima özgardi?
Bolaga nisbatan zöravonlikni tanib oliş uni himoya qilişning birinçi şartidir. 2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan «Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida»gi qonunda jismoniy, jinsiy va ruhiy zöravonlik bilan bir qatorda bolaga ğamxörlik körsatmaslik, uni ekspluatatsiya qiliş va taʼqib etiş (bulling) ham zöravonlik şakli deb belgilandi. Qonun jabrlangan bolaga himoya orderi beriş tartibini ham joriy etdi. Order içki işlar organlari tomonidan 30 kungaça beriladi, sud uni uzaytirişi mumkin. Masalan, order orqali zöravonlik qilgan şaxsning bola bilan bir xonada yoki transport vositasida birga bölişi, u bilan aloqa qilişi taqiqlanadi.
Baʼzan bolaning xavfsizligi uçun uni vaqtinça oilasidan olişga töğri keladi. Şunda uni kim parvariş qiladi? Yuqorida qayd etilgan Strategiyani tasdiqlagan PF-256-son farmonda bu masalaga ham örin berildi. 2026-yil 1-fevraldan zöravonlik tufayli oilasidan olingan yoki xavf ostida qolgan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan ötgan tutingan oilaga joylaştiriş xizmati joriy etildi. 1-martdan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari uçun «Mehrli oila» xizmatini yölga qöyiş belgilandi. Bu xizmat ota-onaga farzandi bilan izdan çiqqan munosabatni tiklaşda kömak beradi.
Bola boşidan keçirganini har doim ham özi ayta olmaydi. Şuning uçun zöravonlikni aniqlagan xodimning masʼuliyati ham belgilandi. Farmonda 2026-yil 1-sentabrdan taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya taşkilotlari xodimlari bolaga nisbatan aniqlangan zöravonlik holati haqida xabar bermasa, maʼmuriy javobgarlikka tortilişi nazarda tutildi. 2026-yil 11-sentabrdagi ÖRQ-1174-son Qonunga köra, pedagogik faoliyati davomida bolaga jismoniy yoki ruhiy zöravonlik qilgani uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxs bir yil davomida maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va bolalar uçun qöşimça taʼlim taşkilotlarida pedagogik faoliyat bilan şuğullana olmaydi.
Şu qonun yetim qolgan yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola haqida xabar beriş muddatini ham aniq belgiladi. Bunday holatdan xabar topgan şaxs yigirma tört soat içida bola turgan joydagi vasiylik va homiylik organini xabardor qilişi şart. Voyaga yetmagan bolaga vasiy yoki homiy tayinlaş haqidagi qarorni endi «Inson» markazi direktori qabul qiladi. Qarovsiz qolgan bola uçun kim masʼul ekani va u qaçon harakatga kirişişi şu tariqa aniqlaştirildi.
Tergov va sud jarayonida bola bilan kim işlaşi ham muhim. 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmonda Jinoyat kodeksining 118, 119, 121, 128, 128¹ va 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar böyiça tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergovni 2026-yil 1-noyabrdan faqat prokuratura organlari amalga oşirişi haqidagi taklif maʼqullandi. Farmonda 2027-yil 1-yanvardan ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlik bilan boğliq jinoyatlarni, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan ötgan tergovçilar tergov qilişi, bunday işlarni sudda maxsus tayyorgarlikdan ötgan sudyalar körişi belgilangan.
2026-yil 14-oktabrdagi ÖRQ-1180-son qonun bilan ön tört yoşga tölmagan bolaning nomusiga tegiş yoki unga nisbatan zörlik işlatib, jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş uçun ön beş yildan yigirma beş yilgaça yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi. Qasddan sodir etgan jinoyati bolaning ölimiga sabab bölgan şaxsga şartli hukm qöllanilmaydi. Şu Qonun bolaning özi uçun ham muhim kafolatni mustahkamladi. Zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bola tegişli protsessual harakatga jalb qilingan paytdan boşlab davlat hisobidan yuridik yordam oliş huquqiga ega.
Bu hujjatlar bir-birini töldiradi. Jazo oğirlaştirilişi bilan bir qatorda zöravonlikni barvaqt aniqlaş, u haqda xabar beriş majburiyati, tergov va sud jarayonida jabrlangan bolani qayta jarohatlamaslik hamda uni oilaviy muhitga qaytariş çoralari yagona tizimga birlaşmoqda.
Amaliyotdagi yangi mexanizmlar
Qonundagi tamoyil amalda qanday körinişini Samarqand misolida köriş mumkin. Prezidentning 2026-yil 14-oktabrdagi «Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan Samarqand şahrida «Barnaxus» modeli asosida «Najot» bolalar markazi taşkil etildi. Qarorga köra, 20-oktabrdan Samarqand viloyati hududida sodir etilgan, qarorda sanab ötilgan jinoyatlar böyiça jabrlangan bolani söroq qiliş, ekspertiza uçun namuna oliş, tanib oliş uçun körsatiş kabi protsessual harakatlar markazning maxsus jihozlangan xonalarida ötkaziladi. Bola bilan markaz psixologining xulosasi asosida maxsus tayyorgarlikdan ötgan prokuratura xodimi (intervyuyer) işlaydi. Jarayon majburiy tartibda audio va videoyozuvga olinadi, bu yozuvlar bolani sudga çaqirmasdan dalil sifatida foydalanilişi mumkin.
Jabrlangan bola uçun boşidan keçirgan voqeani turli idoralarda qayta-qayta aytib beriş oğir. «Najot» markazida söroq va boşqa zarur protsessual harakatlar bir joyda, bolaga mos şaroitda ötkaziladi. Bundan maqsad tergov jarayonida bolani yana ruhiy jarohatlanişdan asraşdir. Bunday markaz ilk bor 1998-yilda Islandiyada taşkil etilgan, 2018-yilga kelib Yevropaning öndan ortiq davlatida şunday xizmatlar yölga qöyilgan. Hozirça «Najot» markazi Samarqand viloyatiga xizmat körsatadi. Qarorga köra, markaz tajribasi örganilib, 2028-yil dekabriga qadar boşqa hududlarda ham şunday markazlar taşkil etiş böyiça taklif kiritiladi.
Ayrim hollarda bola manfaatini taʼminlaş uçun muassasaning kundalik tartibini ham özgartirişga töğri keladi. Prezidentning 2026-yil 12-noyabrdagi PQ-395-son qaroriga köra, 1-dekabrdan uç yoşga tölmagan bolalar uçun ikkita «Ona va bola markazi» taşkil etiladi. Biri 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi qoşidagi Bolalar uyi negizida, ikkinçisi 42-son manzil-koloniyada oçiladi. Bu maxsus davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida keça-kunduz işlaydigan har bir guruh beş nafargaça bolaga möljallangan. Ona işdan böş vaqtida farzandi bilan birga bölişi, tunda ham uning yonida qolişi mumkin. Şu tariqa jazoni ötayotgan onaga farzandining kundalik parvarişida bevosita qatnaşiş uçun şaroit yaratiladi.
Bola huquqlarini kim himoya qiladi?
Özbekistonda bola huquqlariga rioya etilişi ustidan parlament nazoratini Bolalar ombudsmani amalga oşiradi. Bu lavozim 2019-yilda Inson huquqlari böyiça vakilning örinbosari sifatida joriy etilgan, 2021-yilda mustaqil institutga aylangan. 2024-yil 29-fevraldagi ÖRQ-917-son Qonun vakilning vakolatlari va mustaqillik kafolatlarini belgiladi. Vakilni Prezident tavsiyasiga köra Oliy Majlis palatalari beş yil muddatga saylaydi. Vakil har yili parlamentga davlat organlari bola huquqlariga qanday rioya etayotgani haqida maʼruza taqdim etadi.
Bolaga joyida yordam körsatişda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman va şaharlardagi «Inson» markazlari alohida örin tutadi. Masalan, bolaga nisbatan zöravonlik haqida xabar kelganda, markaz mutaxassislari boşqa masʼul idoralar bilan birga bolaga qanday xavf tahdid solayotganini baholaydi. Şunga qarab uni himoya qiliş çoralari belgilanadi.
Bolaning özi yordam söray oladimi?
2024-yilda Bolalar ombudsmaniga 1 ming 64 ta murojaat kelib tuşgan, 2025-yilda ularning soni 1 ming 934 taga yetgan. Şundan 42 tasini, yaʼni jami murojaatlarning 2,17 foizini bolalarning özi yöllagan. Qonun bolaga vakilga mustaqil ravişda şikoyat qiliş huquqini beradi, vakil uni körib çiqişi şart. Amalda bu huquqdan foydalaniş uçun bola kimga va qanday murojaat qilişni bilişi, zarur paytda kattalarning yordamisiz ham öz gapini yetkaza olişi kerak.
Ayrim murojaatlar bolaning kundalik taʼminotiga daxldor. 2025-yilda Bolalar ombudsmani 403 million 745 ming sömlik aliment qarzini undirişga kömaklaşgan. Aliment keçikkan har bir oyda bolaning oziq-ovqati, kiyimi yoki öqişi bilan boğliq xarajatlar uni parvarişlayotgan ota yoki onaning zimmasida qoladi. Şu bois bola manfaati uçun tölovning öz vaqtida kelib tuşişi ham undirilgan mablağ miqdori qadar ahamiyatli.
Bola baʼzan boşidan keçirganini özi aytib beradi, baʼzan esa uning qiynalayotganini yaqinlari yoki öqituvçisi birinçi bölib sezadi. Har ikki holda ham bolani şoşirmay tinglaş, uning fikrini inobatga oliş va unga vaqtida yordam beriş muhim. Körilgan çoraning samarasi bolaning kundalik hayotida bilinadi. U özini uyda va maktabda xavfsiz his qilişi, qiynalganida kimga işonib murojaat qilişini bilişi kerak.
Qonunlar ijrosidagi navbatdagi vazifalar
Sud qarorida bolaning fikri qanday hisobga olingani körinişi kerak. Ota-ona alohida yaşayotganda bola ulardan qaysi biri bilan qolişi haqidagi nizo bunga misol böla oladi. Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-son qarorida bolaning fikrini aniqlaş tartibi tuşuntirilgan. Endi şu tuşuntirişni töldiriş maqsadga muvofiq. Sud hal qiluv qarorida bolaning fikrini qay tarzda aniqlaganini, unga qanday baho berganini va tanlangan yeçim nima uçun aynan şu bolaning eng ustun manfaatlariga mos kelişini asoslaşi lozim.
Jabrlangan bola qaysi hududda yaşaşidan qatʼi nazar, tergovda unga mos şaroit yaratilişi zarur. Samarqanddagi «Najot» markazi tajribasini hozirdan örganib boriş boşqa hududlarda şunday markazlarni taşkil etişda qöl keladi. Bunda bola neça marta söroq qilingani va unga qanday psixologik yordam körsatilganiga eʼtibor beriş muhim. Jabrlangan bolani söroq qilişda psixolog iştirokini majburiy etib belgilaş ham maqsadga muvofiq. 2027-yil 1-yanvardan ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlik bilan boğliq jinoyat işlarini, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan ötgan tergovçi va sudyalar yuritişi belgilangan. Ularning bola bilan muloqot qiliş könikmasini muntazam amaliy maşğulotlar orqali mustahkamlab boriş lozim.
Bola mustaqil va xavfsiz murojaat qila olişi kerak. Har bir öquvçi yordam kerak bölganda maktabda kim bilan xoli gaplaşişi yoki internet orqali qayerga yozişi mumkinligini bilişi zarur. Murojaat qiliş tartibi bolaning yoşiga mos, sodda tilda tuşuntirilişi lozim. Bola öz xabarini kim öqişini va keyin qanday yordam olişi mumkinligini oldindan bilişi, u haqdagi maʼlumotlar sir saqlanişi muhim.
Internet orqali bolaning işonçiga kiriş holatlariga ham huquqiy baho beriş zarur. ÖRQ-1180-son qonun bolalar örtasida tarqatilişi taqiqlangan axborot mahsulotini internetga joylaştirganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni belgiladi. Raqamli muhitda bola uçun xavf şaxsiy yozişmada ham tuğilişi mumkin. PF-33-son Farmonda voyaga yetmagan şaxsdan jinsiy maqsadda foydalaniş, şuningdek, şu maqsadda internet orqali uning işonçini qozoniş, yaʼni onlayn gruming uçun javobgarlik belgilaş masalasini örganib, asoslangan takliflar kiritiş vazifasi qöyilgan.
Parlament nazoratida bolaga körsatilgan yordamning natijasi baholanişi lozim. Oliy Majlis palatalari ÖRQ-996-son Qonun va 2026-yilda qabul qilingan qonunlar ijrosini hududlar böyiça muntazam örganib borişi maqsadga muvofiq. Masalan, himoya orderlari soni bilan birga, order berilgaç zöravonlik takrorlangan holatlarni ham tahlil qiliş zarur. Professional tutingan oilaga joylaştirilgan bolalar böyiça ularning yangi muhitga moslaşuvi va oilaga qanday kömak berilgani ham hisobga olinişi kerak.
Butunjahon bolalar kunida sönggi yillarda qabul qilingan qonunlarning ahamiyati haqida köp gapiriladi. Bola uçun bu özgarişlarning maʼnosi oddiy. U qayerda va kim bilan yaşaşi hal etilayotganda öz fikrini erkin ayta olişi, xavf ostida qolganda yordam söraşi va öşa yordamni vaqtida olişi kerak.
Laziza NIYOZOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi
Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi.
ÖzA