Xans-Diter Flik Arauxoning «Liverpul»ga ketishiga munosabat bildirdi
Afsuski, biz uni o‘zimiz istagandek jamoaga moslashtira olmadik.
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik markaziy himoyachi Ronald Arauxoning jamoani tark etishi haqida fikr bildirdi.
Urugvaylik futbolchi faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi. Klublar himoyachining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
«Arauxo — yaxshi futbolchi va yaxshi inson. U juda tezkor va jismonan kuchli himoyachi. Afsuski, biz uni o‘zimiz istagandek jamoaga moslashtira olmadik», — deya Flikning so‘zlarini keltirdi Barca Universal.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijara shartnomasiga futbolchini sotib olish imkoniyati ham kiritilgan. Ijara davomida Arauxoning maoshini to‘liq «Liverpul» to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni «Barselona» bir taymdan iborat formatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida «Nottingem Forest»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va «Udineze»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.