«Barselona» Lionel Messiga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiramiz.
«Barselona» klub afsonasi Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafot etgani munosabati bilan futbolchi va uning oilasiga hamdardlik bildirdi.
«Sobiq futbolchimiz va klubimiz afsonasi Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiramiz.
Xorxega klubimizga bo‘lgan sadoqati, o‘g‘lining futbolchilik faoliyatining boshlanishi va eng yorqin yillarini bizga ishonib topshirgani uchun minnatdorlik bildiramiz.
Joyingiz jannatda bo‘lsin», — deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.
Xorxe Messining vafoti haqida 8-avgust kuni ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, u uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq Madridning «Real» klubi ham Lionel Messi va uning oilasiga hamdardlik bildirgan edi.