«Tottenhem» Savinyo transferini yakunlashga yaqin
Transfer qiymati taxminan 70 million yevroni tashkil etishi mumkin.
«Tottenhem» «Manchester Siti»ning braziliyalik vingeri Savinyo transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda Goal xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 70 million yevroni tashkil etishi mumkin.
London klubi bitimni yaqin vaqt ichida yakunlashni rejalashtirmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Savinyo «Tottenhem»ning joriy yozdagi yettinchi yangi futbolchisiga aylanadi.
Biroq «Manchester Siti» hozircha transferga yakuniy rozilik bermagan. «Shaharliklar» braziliyalik vinger bilan xayrlashishdan avval uning o‘rniga yangi futbolchi topishni istamoqda.
Qayd etilishicha, «Tottenhem» joriy yozgi transferlar uchun hozirgacha taxminan 270 million yevro sarflagan.