Xalqning olqishi milliy terma jamoaga kuch va shijoat beradi
Bugungi kun o‘zbek futboli tarixiga zarhal harflar bilan bitilmoqda. Prezidentimiz ishtirokida milliy terma jamoamizni Jahon chempionatiga kuzatish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Futbol mamlakatimiz sport olamida yangi va muhim bosqichga qadam qo‘ymoqda. Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoamiz mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va infratuzilmani rivojlantirish strategiyasining yorqin namunasi bo‘ldi.
So‘nggi yillarda sohaga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasida qator muhim ko‘rsatkichlarga erishilgani quvonarli.
[gallery-29590]
Bugun “Bunyodkor” stadionida birlik, ishonch va ulkan umidlar uyg‘unlashib ketdi. Muxlislarning “o‘n ikkinchi o‘yinchi” sifatidagi fidoyiligi xalqimizning futbolga bo‘lgan cheksiz muhabbatini namoyish etmoqda.
Biz doim sizlar bilanmiz! Bu so‘zlar yigitlarimizga kuch, shijoat va matonat bag‘ishlashiga ishonamiz.
Portugaliya, Kolumbiya va Kongo bilan bo‘ladigan o‘yinlarda maydonda haqiqiy o‘zbekona jasoratni ko‘rsatish vaqti keldi. Biz futbolchilarimiz bilan faxrlanamiz.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, futbol endilikda har bir o‘zbek oilasining ajralmas qismiga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, kelgusida o‘zbek futbolidan yangi jahon darajasidagi chempionlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Biz milliy terma jamoamizning jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirokiga ishonamiz.
Bizni unutilmas lahzalar kutib turibdi.
Ikrom AVVALBOEV, Nosirjon HAYDAROV(surat), O‘zA