Xalqimiz yuqori kayfiyat bilan sizlarga oq fotiha berib, katta mundialga kuzatyapti – Prezident
Sizlarni oldinda Portugaliya, Kolumbiya, Kongo terma jamoalari bilan muhim o‘yinlar kutib turibdi. Katta kuch-g‘ayrat, ishonch bilan maydonga chiqing! Shuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz!
Haqiqiy o‘zbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan chiroyli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilasiz deb ishonamiz.
Bugun sizlar qatori mening qalbim ham faxr va iftixorga to‘lib turibdi. O‘zbek xalqi hamisha katta orzu-umidlar bilan faqat oldinga intilib yashagan.
Kelinglar, bugun hammamiz yaxshi niyat qilaylik! Jahon chempionatida futbolchilarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin! Har bir o‘yinda xalqimizning duosi madadkor bo‘lsin!
Yashasin o‘zbek futboli! Yashasin Yangi O‘zbekiston yoshlari! Yashasin bunyodkor O‘zbekiston xalqi, – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
O‘zA