Xalqaro konferensiya: Özbekiston - diniy bağrikenglik namunasi
“Bağrikenglik haftaligi” doirasida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining konferens-zalida “Dinlararo bağrikenglik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Anjuman dinlararo muloqot va bağrikenglikni taʼminlaşda Özbekiston va jahon tajribasini örganiş, konfessiyalararo hamda madaniyatlararo hamkorlikni mustahkamlaş, taʼlim va maʼrifatning jamiyatda totuvlik va barqarorlikni taʼminlaşdagi örnini muhokama qilişga qaratildi.
Konferensiyada mamlakatimizning yetakçi olim va mutaxassislari bilan bir qatorda, AQŞ, Şvetsiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozoğiston, Germaniya, Qirğiziston, Hindiston kabi davlatlarning diplomatik korpus vakillari, xorijiy mutaxassislar, islomşunoslar, diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-öqituvçilar va talaba-yoşlar iştirok etdi.
— Tadbirga taşrif buyurgan barça mehmonlarimiz, eng avvalo, Özbekistonimizdagi tinçlik, osoyiştalik, xalqlarimiz örtasidagi döstlikni körib, havas qilişyapti, — deydi Özbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy) örinbosari Zayniddin domla Eşonqulov. — 130 dan ziyod millat va elatlar istiqomat qilayotgan mamlakatda, bir oilaning farzandlari kabi hayot keçiryapmiz. Özbekistondagi şunday bağrikenglik, millatlararo, dinlararo totuvlik, ahillikni barçamiz birdek asraşimiz kerak.
Konferensiya öz işini uçta şöʼba doirasida davom ettirdi. Har bir şöʼbada diniy bağrikenglik, ijtimoiy barqarorlik, taʼlim va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atrofliça muhokama qilindi.
Birinçi şöʼba doirasida Dinlararo muloqot va bağrikenglikni taʼminlaşda Yangi Özbekiston va jahon tajribasi muhokama qilindi. Maʼruzalar davomida millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlaş borasida Özbekiston tajribasi, turli din vakillarining tinçlik va hamkorlikka qöşayotgan hissasi kabi masalalar körib çiqildi.
—Şaxsan men uçun bağrikenglik juda keng tuşunça. Har bir inson, eng avvalo oilasi, mahallasi, Vatanida, jamiyatning har bir jabhasida özini erkin his qilsa, özi xohlagan dinga eʼtiqod qilsa, istagan tilida gapirsa, uning maʼnaviyati, madaniyati himoyalansa bu — bağrikenglik, — deydi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi bölim boşliği Saodat Davlatova.
Anjuman söngida iştirokçilar dinlararo bağrikenglik va totuvlikni taʼminlaş borasida tajriba almaşib, bu yönalişdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.
[gallery-32568]
Nigora Rahmonova,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA