Xalqaro hamkorlik istiqbollari
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’limi sifatini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’limi sifatini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston va Yevropa ittifoqining “Tempus” dasturi doirasidagi UZDOC loyihasi asosida tashkil etilgan tadbirda yurtimizdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Xorvatiya, Slovakiya davlatlarining nufuzli universitetlari mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori B.Sayfullayev, Yevropa ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari Yu.Shterk va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi malakali kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojini yangi bosqichga ko‘tardi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Tempus” va “Erazmus Mundus” xalqaro ta’lim dasturlari doirasida professor-o‘qituvchilarning kasb tayyorgarligini oshirish, oliy ta’limda boshqaruv mahoratini rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim sifatini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.