Yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan olimalar
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm-fan bilan şuğullanişlari, ilmiy-tadqiqot va izlanişlar olib borişi uçun keng imkoniyatlar, zarur şart-şaroitlar yaratib berildi. Natijada olimalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari, amalga oşirilayotgan innovatsion loyihalar, ilmiy işlanmalar soni, sifati va samaradorligi mazmunan yangi bosqiçga kötarildi. Buni Özbekiston xotin-qizlarining “Olima” uyuşmasi Andijon viloyati bölimi faoliyati misolida ham yaqqol köriş mumkin.
Ayollarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan Özbekiston Respublikasi xotin-qizlari “Olima” uyuşmasi nodavlat notijorat taşkiloti sifatida respublikaning yetakçi olimalari, faol va taşabbuskor xotin-qizlarini birlaştirdi. Uyuşmaga 1992-yilda asos solingan bölib, unga millati, diniy eʼtiqodi, siyosiy qaraşlari, yoşidan qatʼi nazar, ilmiy daraja va unvonga ega, fanning muayyan sohalarida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar aʼzo bölişi mumkin.
“Olima” uyuşmasi Andijon viloyati bölimi tomonidan viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar hamda boşqa taşkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan olimalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida eʼtiborga molik işlar olib borilmoqda.
Jumladan, uyuşma olima xotin-qizlar faoliyatini yanada rivojlantiriş, xususan, tayanç doktorantlar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotçilar, magistrlarning ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytiriş hamda ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini oşiriş, taşabbuskorligini qöllab-quvvatlaş, ilmiy işlari böyiça tahlillar ötkaziş, qobiliyatli, iqtidorli, ijodkor ayollar bilan işlaş, ularning turli tanlovlarda iştirok etişini taʼminlaş, olima ayollarning ilğor iş tajribalarini örganiş, umumlaştiriş, amaliyotga tatbiq etiş va ommalaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda.

– Ayni kunda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarda 650 nafarga yaqin olima faoliyat yuritmoqda, – deydi “Olima” uyuşmasi viloyat bölimi raisi, biologiya fanlari doktori, professor Nasibaxon Noraliyeva. – Ularning 155 nafari fan doktori, qolganlari turli yönalişlar böyiça fan nomzodi, falsafa doktorlari sohibalaridir.
Uyuşma aʼzosi bölgan Töxtaxon Muhitdinova, Şaxnoza Yusupova, Mohigul Jörayeva, Manzura Yunusova, Dildora Abdullayeva, Lolaxon Saidboyeva, Salima Mirzayeva, Şohida Şahobiddinova, Şohida Yusupova, Diloro Nabiyeva, Xabiba Jörabekova, Guliston Orazimbetova, Zilola Jalolova, Xolisxon Maqsudova, Gulnora Bozorova singari fan doktorlarining tilşunoslik, tibbiyot, pedagogika, qişloq xöjaligi, texnika, iqtisodiyot yönalişlaridagi ilmiy, amaliy tadqiqot va innovatsion işlanmalari, qöllanma va darsliklari mamlakatimiz ilm-fani rivojida salmoqli örin tutadi.

Birgina 2025-yilda viloyatda 86 nafar olima turli yönaliş va mavzulardagi doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, 13 nafari fan doktori (DSc), 73 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja hamda unvoniga sazovor böldi. Joriy yilning ötgan davrida esa ilmiy daraja olgan olimalar soni 100 nafardan ortdi.
Masalan, Andijon davlat universitetida faoliyat olib borayotgan Zulfiyaxon Husanova menejment ixtisosligi böyiça “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirişning taşkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillaştirişning metodologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya işini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.
– Ötgan yili “Texnik taʼlim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini metodik takomillaştiriş texnologiyalari” mavzusidagi ilmiy işni muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldim, – deydi Andijon davlat pedagogika instituti professori Xabibaxon Jörabekova. – Mazkur ilmiy işda zamonaviy muhandislik va texnika sohalarida mutaxassislarning kasbiy-texnik bilimlari, jamoada işlaş, texnik hujjatlarni savodli yuritiş va ularning kasbiy muloqotgaça kirişişi masalalari atrofliça tahlil qilingan. Mavzu doirasida zarur xulosalar qilingan, taklif va tavsiyalar berilgan.

Andijon davlat çet tillari instituti xorijiy tillar kafedrasi öqituvçisi Rözixon Axrorova til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgani olima ayollarning xorijiy tillar yönalişidagi salohiyati yuksalib borayotganligining namunasidir.
Keyingi ikki yil davomida nodavlat oliy öquv yurtlari, taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ham ilmiy jarayonlarda ança faollaşdi. Köplab opa-singillarimiz turli yönalişlardagi ilmiy işlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajalar olişga muvaffaq böldi.
– Men yaqinda qiyosiy va çoğlaştirma tilşunoslik ixtisosligi böyiça rus va özbek adabiyotida ironiyaning lingvokognitiv va lingvokultrologik xususiyatlarini örganiş mavzusidagi ilmiy işni muvaffaqiyatli himoya qildim, – deydi Qöqon nodavlat universiteti Andijon filiali özbek va rus filologiyasi kafedrasi öqituvçisi Feruza Xolbötayeva. – Qöqon nodavlat universiteti huzuridagi ilmiy kengaş qarori bilan filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldim. Uşbu muvaffaqiyatni eng avvalo, öqib, izlanişlarim, qolaversa, yurtimizda ilm-fan bilan şuğullanayotgan, ilmiy işlar olib borayotgan ayollarga körsatilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarning samarasi deb bilaman.

Bugungi kunda, ayniqsa, yoş olimalarning bilim olişi, ilmiy salohiyatini yuksaltirişi, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşişi uçun keng imkoniyatlar eşigi oçib berilayotganligini alohida eʼtirof etiş örinli. Şu maʼnoda “Olima” uyuşmasi viloyat bölimi tomonidan iqtidorli qizlar, yoş olimalar bilan işlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, yoş olimalarning öz ilmiy-intellektual salohiyatlarini namoyon etişi, ularning ilmiy izlaniş va yutuqlarini keng tarğib etiş böyiça zarur işlar olib borilmoqda.
Yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuqori natijalarga erişayotgan yoş olimalar viloyatda talaygina. Ulardan biri Andijon davlat pedagogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi doktoranti, özbek tili va adabiyoti kafedrasi katta öqituvçisi va dotsent vazifasini bajaruvçi Kamola Odiljonovadir.
Kamola Odiljonova joriy yilda “Öquvçilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirişda verbal vositalardan foydalanişning ilmiy-metodik asoslarini takomillaştiriş” mavzusidagi dissertatsiya işini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olib, mamlakatimizdagi yoş fan doktorlari qatoridan örin oldi.

Umuman, viloyatdagi oliy öquv yurtlarida iqtidorli talabalar, magistrlar, yoş olimalarni qöllab-quvvatlaş, ularga amaliy yordamlar körsatiş maqsadida “Ustoz-şogird” anʼanasi asosida yoş olimalar tajribali olimalarga biriktirilgan. Ustoz-şogird anʼanasi yoş olimalarning salohiyatini yuzaga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan taşqari, viloyatdagi har bir davlat, nodavlat oliy taʼlim muassasalarida “Olima” uyuşmasining bölinmalari taşkil etilib, ularga masʼul rahbarlar tayinlangan. “Olima” uyuşmasi viloyat bölimi tomonidan olib borilayotgan ibratli işlar, uyuşmaga aʼzo bölgan olimalarning hayotiy, ilmiy-ijodiy va ijtimoiy faoliyati yurtimiz ilm-fani, taraqqiyotiga munosib hissa bölib qöşilmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri