Şarqşunoslik institutida “Oçiq eşiklar kuni”
Bugun Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutida «Oçiq eşiklar kuni» taşkil etildi.
“Şarq merosi – zamonaviy naşriyot va yangi iqtisodiy imkoniyatlar” mavzusiga bağişlangan mazkur tadbirda naşriyot va naşriyot-matbaa korxonalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar iştirok etdi.
Tadbir davomida iştirokçilar institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar, fundamental monografiyalar, qomusiy luğatlar, tarixiy manbalar tarjimalari va nodir qölyozmalar bilan tanişdi. Taqdimotda Şarq xalqlarining boy ilmiy va maʼnaviy merosi, institutda olib borilayotgan tadqiqotlar hamda naşrga tayyor bölgan ilmiy loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Ayniqsa, institutning restavratsiya laboratoriyasi faoliyati iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Bu yerda qadimiy qölyozmalarni saqlaş, ularning holatini örganiş va tiklaş jarayonlari namoyiş etildi. Mutaxassislar qölyozmalarning asl holatini imkon qadar saqlab qolişda qöllaniladigan usullar haqida tuşunça berib, amaliy mahorat darsi ham ötkazildi.
[gallery-32729]
Tadbirning yana bir muhim yönalişi ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalaştiriş va ularni kitob bozoriga olib çiqiş masalalariga bağişlandi.
Ilmiy muassasa va naşriyotlar vakillari muloqot davomida olimlar mehnati mahsulini keng kitobxonlar ommasiga yetkazişning zamonaviy mexanizmlarini muhokama qildi. Xususan, ilmiy asarlarni tijoratlaştiriş, elektron kitoblar tayyorlaş, raqamli savdo platformalarini rivojlantiriş, qöşma naşrlarni amalga oşiriş hamda uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Aslida ham ilmiy tadqiqot natijasi faqat ilmiy doirada qolib ketmasligi, balki jamiyatning turli qatlamlari uçun ham tuşunarli va foydalaniş mumkin bölgan manbaga aylanişi zarur. Bu jarayonda naşriyotlarning örni beqiyos. Ular olimlar tomonidan yaratilgan intellektual mahsulotni kitobxonga yetkaziş, uning mazmun-mohiyatini ommalaştiriş va yangi auditoriyani şakllantirişda muhim vositaçi hisoblanadi.
Uçraşuvda şuningdek, institut olimlari va naşriyot vakillari örtasida bevosita muloqot taşkil etildi. Iştirokçilar istiqbolli naşriyot loyihalari, ilmiy adabiyotlarga bölgan ehtiyoj va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.
“Oçiq eşiklar kuni”da OAV vakillari hamda blogerlar institutning yetakçi olimlari bilan suhbatlaşib, ilmiy izlanişlar, yangi tadqiqot natijalari va kelgusi loyihalar haqida bevosita maʼlumot oldi.
Tadbir yakunida 2027-yilda institut va naşriyotlar örtasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaşga doir takliflar ilgari surilib, ilmiy tadqiqotlar natijalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini oşiriş, şu bilan birgalikda, ilmiy adabiyotlarning tarqaliş kölamini kengaytiriş hamda ularni köproq kitobxonga yetkaziş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mohiçehra Eşmirzayeva,
Nosirjon Haydarov (surat)
ÖzA