Rizo Pahlaviy: Ozod Eron Isroilning do‘sti va hamkoriga aylanadi
Eron valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy HAMAS va Isroil o‘rtasidagi nizo avj olishining uch yilligiga bag‘ishlangan nutqida, jumladan, shunday dedi:– Kelajakda ozod Eron Isroilning do‘sti va hamkoriga aylanadi. Yaqin Sharqda mustahkam tinchlik faqat Tehrondagi hozirgi teokratik rejim qulagandan keyin o‘rnatiladi.
U ma’ruzasida yahudiy davlati bilan strategik munosabat tiklanishi zarurligini alohida ta’kidlagan.
Pahlaviy eronliklarning yahudiy xalqi bilan aloqalari 2500-yil avval, Buyuk Fors shohi Kir hukmronligi davridan beri davom etib kelganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratik o‘zgarishlar mamlakatga ushbu tarixiy an’anani tiklash, mintaqada Isroilning asosiy ittifoqchisiga aylanish imkonini beradi.
Bundan tashqari valiahd shahzoda Islom Respublikasini vaziyat beqarorlashuvi uchun bevosita javobgar, qolaversa, HAMASga asosiy homiy va qurol yetkazib beruvchi, deb atadi.
S.Rahimov, O‘zA