NATO Harbiy qo‘mitasi delegatsiyasi sakkiz yildan keyin yana Kiyevga keldi
NATO Harbiy qo‘mitasi raisi admiral Juzeppe Kavo Dragone boshchiligidagi delegatsiya Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbariyati bilan jang maydonidagi vaziyat va mamlakat qo‘llab-quvvatlanishini davom ettirish bo‘yicha muzokara olib borish uchun Kiyevga keldi. Bu haqda yuqori martabali harbiy mulozimning o‘zi "Ukrinform" tomonidan e’lon qilingan video murojaatida ma’lum qilgan.
– Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng NATO Harbiy qo‘mitasi vakillari rasmiy tarzda Kiyevga qaytdi, – deya ta’kidladi u. – Ushbu tashrif Bosh qo‘mondon Mixail Drapatiyga shu yil avgust oyidagi suhbatimiz chog‘i bergan va’dam amalga oshganini bildiradi.
Delegatsiya tarkibida NATOga a’zo 32 davlatdan harbiylar bor. Guruhning maqsadi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni va Bosh shtabdan frontdagi vaziyat bilan bog‘liq so‘nggi bahoni eshitish, Kiyevga qanday qilib qo‘shimcha yordam ko‘rsatish mumkinligini o‘rganish ekani taxmin qilinmoqda.
S.Rahimov, O‘zA