Vodilda kuchlilar aniqlandi
Xabar berganimizdek, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idagi “Chinor osti” istirohat bog‘ida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha Hamid va Temir polvonlar xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.
300 nafarga yaqin kurashchilar bellashgan bahslar jajji sportsevarlar va ularning ota-onalari uchun chinakam bayramga aylandi. Xalqaro turnirda kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha sportchilar umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida bahslashdi.

Ikki kunlik musobaqa yakuniga ko‘ra, Do‘stmurod G‘ofurov, Ziyodulla Alijonov, Sardor Berdishukurov, Rahmatullo Nuriddinbekov, Jasur Rahmonov, Mavlon Muhammadsharipov, Umid Xolmatov, Fayozbek Abdug‘afforov, Muhammad Iskandarov, Maftuna Xolmatova, Maftuna Adhamova, Shahnoza Bozorova kabi sportchilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA