Viloyat hokimi Prezident Olimpiadasi sportçi yoşlari bilan uçraşdi
Urganç şahrida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov Prezident olimpiadasida ğolib va sovrindor bölgan sportçi yoşlar bilan uçraşdi.
Joriy yilgi Prezident olimpiadasida viloyat terma jamoasi ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida 3,5 mingdan ziyod yoş sportçi orasida 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşib, 24 ta oltin, 18 ta kumuş, 27 ta bronza medallarini qölga kiritib, respublikada faxrli 3-örinni, Prezident Paralimpiadasi sport musobaqalari yakuni böyiça esa 17 ta oltin, 11 ta kumuş, 1 ta bronza medallarini jamğarib, faxrli 1-örinni egalladi.

Viloyat hokimi sportçi yoşlarni erişgan ulkan ğalabalari bilan qutlab, ularning murabbiylari, ota-onalariga samimiy minnatdorçilik bildirdi.

Qizğin ruhda ötgan musobaqalar öğil-qizlar örtasida özaro hurmat va döstlik muhitini mustahkamlab, ularning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yanada yuksaltirganligini taʼkidladi.

Şundan söng yoşlar bilan oçiq muloqot davomida ularning taklif va taşabbuslari tinglandi.

Tadbir yakunida olimpiada ğolib va sovrindorlari munosib rağbatlantirildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri