Tölanmagan kreditlar örni garovdagi mulklar hisobidan qoplanmoqda
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boşqarmasi tomonidan tijorat banklari foydasiga kredit qarzdorliklarini undiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Joriy yilning ötgan 10 oyi davomida boşqarmaga mazkur yönalişda jami 1 trillion 325 milliard 166 million sömlik 53 ming 146 ta ijro hujjati kelib tuşgan va tegişli harakatlar boşlangan.
Mazkur hujjatlar asosida olib borilgan tadbirlar natijasida 680,8 milliard sömlik 27 ming 794 ta ijro işi tamomlandi. Şundan 370,1 milliard sömlik 16 ming 756 ta hujjat böyiça qarzdorlik amalda undirib berildi.
Jarayon davomida umumiy qiymati 706,1 milliard söm bölgan 1 ming 503 ta mol-mulk xatlandi. Xususan, banklar foydasiga qarz undiriş bilan boğliq ijro hujjatlari asosida 307,3 milliard sömlik 1 ming 87 ta garov mulki «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş» AJ orqali elektron savdolarga çiqarildi.

Buni aniq misollar orqali köriş mumkin. Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 16-maydagi qaroriga asosan, «Kamron Mir Agroeksport» masʼuliyati çeklangan jamiyatidan (korxona nomi özgartirilgan) «Mikrokreditbank» ATB foydasiga 18 milliard 642 million 222 ming 349 söm kredit qarzdorligini undiriş belgilangan. Ijro doirasida garovga qöyilgan va 7 milliard sömga baholangan, 1000 boş qoramolga möljallangan çorvaçilik kompleksi tegişli tartibda auksion savdosiga qöyildi.
Şuningdek, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 1-dekabrdagi ijro hujjati asosida «Amon Asr Tred» MÇJdan (nomi özgartirilgan) Özbekiston Respublikasi «Milliy bank» AJ foydasiga 398 ming 25,89 AQŞ dollari miqdorida kredit qarzdorligini undiriş belgilangan. Uşbu holatda undiruv «Navoiy böston» MÇJga qaraşli, Navoiy şahrining Özbekiston mahallasi, «Qizilqum» köçasida joylaşgan va 394 ming 500 AQŞ dollariga baholangan «Qahvaxona» bino-inşootiga qaratilib, mazkur mulk ham elektron savdoga çiqarildi.
Banklar foydasiga kredit qarzdorligini undiriş böyiça auksion savdolariga qöyilgan mol-mulklardan 90 tasi 23,6 milliard sömga sotildi. Tuşgan pul mablağlari töliq undiruvçilar hisobiga köçirib berildi.
Viloyatda bu boradagi ijro harakatlari izçillik bilan davom ettirilmoqda.
ÖzA