Vijdoningizni bekatda qoldirmang, jamoat transportida madaniyatingizni namoyon qiling
Keç kuzning yomğirli kunlaridan biri boşlandi. Odam gavjum bekatda töxtagan avtobusga çiqiş uçun hamma şoşadi.
Örta eşikdan zamonaviy kiyingan, quloqçinli xuşbiçim bir yigit yöl haqini tölamay tuşdi. Uning öziga yaraşmagan bu işi nazoratçilar bilan suhbatda hammaga maʼlum böldi. Odam bunday vaziyatda qay holga tuşadi. Tölovni unutdim deydimi yoki odam köp, heç kim körmadi degan xayolga borganini ayta oladimi?
Aslida, şu arzimagan 2500 söm pulni tölamaslikning ortida qançadan-qança insonlarning haqi, ulkan masʼuliyat va har birimizning tarbiyamiz yotganini şu yölovçi bilarmikan?
Biz köpinça jamoat transportining kamçiliklarini gapiramiz. Ammo sohaning rivojlanişi, eng avvalo, mana şu arzimagan yölkirani vijdonan tölaşdan boşlanişini unutib qöyamiz.
Özbekiston Milliy axborot agentligi muxbiriga Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş davlat muassasasi direktor örinbosari Abduvohid Xudayberdiyev taqdim etgan maʼlumotlarga eʼtibor qaratsak, bu faqat bir-ikki yölovçining emas, minglab odamlarning kundalik odatiga aylanib ulgurganini köramiz.
Raqamlarni şunçaki öqimang, ularning ortidagi manzarani tasavvur qiling. Ötgan yilning 7-oktabrdan şu yilning 13-noyabrga qadar yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan jami 173 331 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu raqamlar har kuni takror-takror qoidabuzarlar safi kengayayotganining dalolatidir.
Qayd etilgan 22 929 nafar şaxs bu qoidabuzarlikni kamida ikki marta takrorlagan. Ularning 17 327 nafari ikki marta, 4 033 nafari uç marta, 1 099 nafari tört marta çiptasiz yurgani aniqlangan. Eng hayratlanarlisi, 470 nafar yölovçi beş va undan köp marta qoidabuzarlikka qöl urgan. Ulardan 7 nafari ön marta, 2 nafari esa ön martadan ham ortiq avtobusda yöl haqini tölamasdan harakatlangan.

Bir marta unutiş mumkin, ikki marta şoşilib qoliş mumkin. Ammo ön martalab yöl haqini tölamaslik tasodif emas. Bu birovning haqidan, davlatning, demakki, xalqning mulkidan tap tortmay foydalaniş deganidir. Hisob-kitoblarga köra, faqatgina mana şu takroriy huquqbuzarlarning özi kamida 53,7 mingta çiptasiz yuriş holatini sodir etgan.
Masalaning eng oğriqli nuqtasi esa bu qoidabuzarlarning asosiy qismi yoşlar sodir etayotganida namoyon böladi. Ertaga şu yoşlar katta hayotga qadam qöyadi, masʼuliyatli lavozimlarda işlaydi. Avtobusda 2500 sömni tölaş masʼuliyatini his qilmagan, vijdoni bilan kelişa olgan yoş mutaxassis, ertaga qanday yöl tutadi? Tarbiyadagi kemtiklik şu arzimagandek köringan mayda holatlarda böy körsatadi.
Kuzatişlarga köra, çiptasiz yölovçilar ayniqsa keçki tirband soatlarda – odamlar işdan qaytayotgan, salon gavjum vaqtlarda köproq uçramoqda. Odam köpligidan foydalanib, “körinmay ketişga” uriniş bu. Nazorat noyabr oyida ham susaygani yöq. Oyning dastlabki 13 kunida 12 mingdan ortiq bayonnoma rasmiylaştirilgan bölsa, birgina 13-noyabr kunining özida 1 173 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
– Nazoratçilar faqatgina “çipta ovçilari” emas, – deydi Abduvohid Xudoyberdiyev. – Ular bir kunda 25 tagaça avtobusni tekşirib, yöl haqi bilan birga avtobusning isitiş yoki sovitiş tizimi, salon tozaligi, haydovçining formasi va ovozli eʼlonlarga ham eʼtibor qaratadi. Tekşiruv paytida validatorlar bir daqiqaga bloklanadi. Bu nazoratçini körib, keyin şoşilinç tölov qiliş holatlarining oldini oliş uçun joriy qilingan.
Albatta, ijobiy tomonlar ham yöq emas. Elektron tölovlar madaniyatimizga şiddat bilan kirib bormoqda. Xususan, oktabr oyida avtobuslarda taşilgan qariyb 38,5 million yölovçi tölovlarining 64,5 foizi bank kartalari orqali amalga oşirilgan.
Nazorat kuçaytirilgan ayrim yönalişlarda hisobga olingan yölovçilar soni 2-10 foizga oşgan. Bu nima degani? Agar har bir yölovçi öz vaqtida tölov qilsa, tizimda yölovçilarning haqiqiy soni aniq körinadi va şunga yaraşa yönalişlarga qöşimça avtobuslar çiqariladi. Kelgusida bu jarayonga sunʼiy intellekt ham jalb qilinişi kutilmoqda. Avvalroq xabar qilganimizdek, yölovçilar sonini amalga oşirilgan tölovlar bilan avtomatik taqqoslaydigan zamonaviy yeçimlar dastlab sinovdan ötkazilib, söng bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
– Avtobusga çiqib, validatorga kartani tekkiziş bir neça soniyalik iş, – deya kuyunib gapiradi A.Xudayberdiyev. – Ammo 10-martadan ortiq çiptasiz yuriş endi tasodifiy “unutibman” degan holatni oqlamaydi. Guvohi bölayotganimizdek, ayrim yölovçilar uçun jarimalar hali yetarli saboq bölmayotgandek tuyuladi. Bu, albatta, açinarli holat.
Sözimiz boşidagi avtobusdan tuşgan yigitni eslang. U nazoratçining közini şamğalat qilar yoki oxir-oqibat jarimani ham tölar. Lekin öz vijdonidan, odamlarning haqidan qoçib qutula oladimi? Jamoat transportining çinakam rivojlanişi va avtobuslarimizning yangi bölişi osmondan tuşmaydi. Bu rivojlaniş jarayoni siz bilan bizning avtobusga çiqqanda tölaydigan mana şu pulimizdan, qalbimizdagi halollikdan boşlanadi.
Mohiçehra Eşmirzayeva,
ÖzA muxbiri