Viloyat hokimi murojaatchilarni tingladi
Xorazm viloyat Xalq qabulxonasida viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimovning qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 10 nafar fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ayrim muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilanib, ularning yechimi qat’iy nazoratga olindi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri