“Vazir kubogi”ning g‘oliblari aniqlandi
Xorazm viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, maydonda haqiqiy sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va yuksak mahorat namoyon bo‘ldi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Har bir uchrashuv tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Shovot tumanidagi 19-son umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
[gallery-29523]
Urganch tumanidagi 7-son umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni, Yangibozor tumanidagi 29-son umumta’lim maktabi jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video), O‘zA