“Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, mustaqillik g‘oyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlangan ijodiy esselar yozdi.

Tanlov uchun yozilgan esselar Nizomda belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilib, baholanadi.

Tanlov yakunlari hamda g‘oliblar ro‘yxati Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Bu kabi ijodiy tanlovlar mutaxassislarning fikrlash salohiyati, savodxonligi, bilimi va saviyasi, dunyoqarashi, faol fuqarolik pozitsiyasini atroflicha o‘rganish va tahlil etishda alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
N.Usmonova, O‘zA