“Uzbekistan Airports” xalqaro aviatsiya, logistika va turizm forumida iştirok etdi
Poytaxtimizda “Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” xalqaro forumi taşkil etildi.
Tadbirda töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş orqali xorijiy sayyohlarni Özbekistonga jalb etiş, mamlakat hududlariga yetib boriş imkoniyatlarini yanada qulaylaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, yangi turistik yönalişlarga bölgan qiziqiş aviakompaniyalar va aeroportlarga istiqbolli aviaqatnovlarni yölga qöyiş imkoniyatlarini baholaşda muhim omil ekani taʼkidlandi.
Bundan taşqari xalqaro parvozlar geografiyasini kengaytiriş, aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, aviatsiya va turizm sohalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş mavzulari ham muhokama qilindi. Şu bilan birga, tranzit yölovçilar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş, Özbekiston aeroportlari orqali yuk taşiş hajmini oşiriş va sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş masalalari ham körib çiqildi.
Tadbir doirasida Transport vazirligi, “Pegasus Airlines” va “FLYONE Armenia” aviakompaniyalari, “Centrum Holidays” turoperatori hamda “Öztemiryölovçi” temir yöl kompaniyasi vakillari iştirokida panel muhokamasi ham taşkil etildi. Mazkur xalqaro forum Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi taşabbusi bilan “Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida ötkazildi.
Joriy yilda “CAEx Uzbekistan” körgazma markazida taşkil etilgan xalqaro turizm yarmarkasida 30 dan ortiq mamlakatning turizm sohasi vakillari iştirok etdi. Anʼanaga muvofiq, tadbirda Özbekistonning barça hududlari özlarining sayyohlik salohiyati, turistik yönalişlari va imkoniyatlarini namoyiş etdi.
Taʼkidlaş joizki, bunday xalqaro tadbirlar aviatsiya va turizm sohalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yangi aviaqatnovlarni yölga qöyiş, mamlakatning xalqaro transport aloqalarini kengaytiriş hamda Özbekistonning jahon sayyohlik bozoridagi jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA