Ixçam, kamçiqim va tartibli bölişga odatlaniş lozim
Andijonda töy va boşqa marosimlarni ixçam, kamçiqim va tartibli ötkaziş hamda mahallalarda “Yaşil makon” loyihasi doirasidagi işlarni samarali taşkil etiş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani va press-tur ötkazildi.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi Matbuot xizmati hamda “Mahalla media” MÇJ tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda Mahallalar uyuşmasi viloyat boşqarmasi, viloyat adliya, içki işlar, Oila va xotin-qizlar boşqarmalari, Özbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat, tuman, şahar bölimlari mutasaddi va mutaxassislar, mahalla faollari, oqsoqollar, otinoyilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-iyundagi “Mahalla boşqaruvini samarali taşkil etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, xususan, aholining töy va boşqa marosimlar borasidagi fikr va takliflarini örganiş maqsadida ötkazilgan tadbirda Mahallalar uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliğining örinbosari Azizbek Azimov söz olib, anjumanning mazmun-mohiyati, ötkazişdan közlangan asosiy maqsad haqida gapirdi.


Şundan söng töy va boşqa marosimlarni ixçam, kamçiqim va tartibli ötkaziş, töy va yoşlar tarbiyasi bilan boğliq milliy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylaş, bu boradagi işlarni amalga oşirişda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi va masʼuliyatini oşiriş yuzasidan maʼruzalar öqildi, savol-javoblar böldi.
Jumladan, Özbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi vakili Muhammadjon Möminov, “Nuroniy” uyuşmasi viloyat bölimi raisi örinbosari Maʼmurjon Ikromov öz maʼruzalarida nikoh va oilaning muqaddasligi, töy va boşqa marosimlardagi sarf-xarajatlarni kamaytiriş, turli bidʼat va rasm-rusumlarga barham beriş haqida gapirdi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bölimi rahbari Nigoraxon Qaşqaboyeva öz sözida jamiyatimizda oz bölsa-da, kimözarga töy qiliş holatlari uçrab turganligi, keraksiz va ortiqça sarf-xarajatlar oilalar byudjetiga jiddiy salbiy taʼsir körsatayotganligi, ayniqsa, töylar orqali “ommaviy madaniyat” körinişlari, xalqimizga xos bölmagan urflar kirib kelayotganligi ayançli va açinarli ekanligini qayd etdi.
Şuningdek, tadbirda söz olgan Andijon davlat universiteti professori Möminjon Mamajonov, viloyat adliya boşqarmasi mutaxassisi Gulyora Musayeva, viloyat “Oqila ayol” uyuşmasi rahbari Madina Mamajonova, içki işlar boşqarmasi boşliği Madinaxon Alixonova ham töylardagi dabdaba, ortiqça xarajatlarga barham beriş, töy ötkazişdagi huquqiy normalar, iqtisodiy meʼyorlar, şuningdek, nikohlanuvçi yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, kelin-kuyov, kelin-qaynona örtasidagi munosabatlarni tartibga soliş singari qator masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirdi.

– Keyingi paytlarda töylarimiz biroz tartibga tuşgandek körinsa-da, aslida töy bilan boğliq muammolar juda köp, – deydi Izboskan tumani “Oqila ayol” uyuşmasi rahbari Dilfuza Ahmedova. – Ayrim yurtdoşlarimizning töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişda qadriyatlarimizni mensimaslik, özini köz-köz qiliş va ortiqça isrofgarçilikka yöl qöyiş holatlari kuzatilyapti. Bunday holatlarga çek qöyiş uçun eng, avvalo, mahallada hurmat-eʼtibor topgan mahalla faollari, nuroniylar faol bölişi kerak.

Anjuman davomida iştirokçilar tomonidan töy va boşqa marosimlarni tartibli ötkaziş, bu boradagi muammolar, ularni bartaraf etiş, oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaş, oila boşliqlarining masʼuliyatini oşiriş, yoşlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasiga jiddiy yondaşiş, ana şu yönalişdagi işlarni samarali olib boriş yuzasidan taklif, tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi.

Anjumanda iştirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
Kunning ikkinçi yarmida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun Baliqçi tumanining Olçazor va Sarnavul mahallalariga press-tur taşkil etildi.
Press-tur davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-sentabrdagi “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida mahallalarda amalga oşirilayotgan işlar, mazkur yönalişda yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri