Adliya sayyor qabullari – mahallalarda
Bugungi kunda respublika vazirlik va idoralar rahbarlarining hududlarda aholi hamda tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilişi, sayyor qabullar uyuştirilişi muammolarni joyida aniqlaş va ularning qonuniy yeçimini taʼminlaşda muhim natijalar bermoqda.
Xususan, Adliya vazirligi tomonidan ham hududlarda muntazam ravişda sayyor qabullar ötkazilib, aholining murojaatlari bevosita tinglanmoqda. Navbatdagi sayyor qabul adliya vazirining birinçi örinbosari Mahmud Istamov iştirokida Namangan şahrining Davlatobod tumanidagi Orzu mahallasida taşkil etildi.
Viloyat va tuman hokimligi, viloyat adliya boşqarmasi hamda tegişli mutasaddi taşkilotlar masʼullari hamrohligida taşkil etilgan uşbu qabulda 23 nafar fuqaro qatnaşdi. Unda davlat xizmatlari, kadastr, ijtimoiy masalalar, uy-joy, soğliqni saqlaş, soliq intellektual mulk, tadbirkorlik, kommunal sohalarga oid murojaatlar bildirildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolarini hal etişga alohida eʼtibor qaratilib, uç murojaat joyida hal etildi, beştasi yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi, 15 murojaat esa iş yurituviga olindi.
Eng muhimi, har bir murojaatni eʼtiborsiz qoldirmaslik, ularni qonuniy va adolatli hal etiş hamda fuqarolarning muammolariga amaliy yeçim topiş maqsadida masʼul taşkilotlarga tegişli topşiriqlar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida örganiş va davlat idoralarining xalq oldidagi masʼuliyatini oşirişga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri