Ustoz mehnati — yuksak ehtirom va e’tirofda (+video)
Ustoz - yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayot saboqlarini ham berib, uning kelajakda munosib inson bo‘lib shakllanishiga hissa qo‘shadigan ulug‘ kasb egasi.
Shu bois ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnatini qadrlash xalqimizda azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, filial professor-o‘qituvchilari, ustoz va murabbiylar, xodimlar, talabalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Shuningdek, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan faxriy professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Unda ta’lim va ilm-fan sohasida ko‘p yillik samarali mehnat qilgan, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustozlarning xizmatlari e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimida ustozlarning kasbiy faoliyati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlanib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va ustoz-murabbiylarga bayram tabriklari yo‘llanib, ularning fidokorona mehnatiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. Bayram dasturi doirasida madaniy-ijodiy chiqishlar ham namoyish etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/apT2ZcfZy-Q?si=Otx05uxQRA0YWugf" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayonov,
Nishonboy Abduvoitov (video),
O‘zA