"Pharm Service"da sifat menejmenti tizimi joriy etildi
“Pharm Service”da ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimi (SMT) joriy etildi va sertifikat qo‘lga kiritildi.
Ushbu sertifikat “Pharm Service”da xizmatlar sifatini boshqarish, ichki jarayonlarni tartibga solish, mijoz va hamkorlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda faoliyatni doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha tizimli yondashuv shakllanganini tasdiqlaydi.
Ma’lumot uchun, ISO 9001:2015 tashkilotning global miqyosdagi yuqori standartlar asosida ishlashini kafolatlaydigan muhim ko‘rsatkich bo‘lib, mijozlar va xorijiy hamkorlar oldida kompaniyaning ishonchliligini yanada oshiradi. Shuningdek, korxonadagi har bir ichki jarayonni tartibga solib, xatolarning oldini olishga va xizmatlar sifatini doimiy ravishda yuqori pog‘onada ushlab turishga xizmat qiladi.
“Pharm Service” uchun ushbu sertifikat nafaqat xalqaro standartga muvofiqlik belgisi, balki xizmatlar sifatini yanada oshirish, ish jarayonlarini takomillashtirish va hamkorlar ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqichdir.
Mohigul Qosimova, O‘zA