Ukrainada urushning bir kunlik qiymati oshkor qilindi (+video)
Rossiya bilan mojaroning bir kuni Ukrainaga 450 million dollarga tushadi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma’lum qildi.
«Bizda urushning bir kuni 450 million dollar turadi», — dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga barqaror ishlaydigan iqtisodiyot zarur. Sibiga shu sababli Ukrainada oziq-ovqat narxlarining oshishi Kiyev uchun juda sezilarli ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Reuters jurnalistlari Ukraina fermerlari hosil yig‘im-terimi avjiga chiqqan paytda Rossiya tomonidan Qora dengiz suv havzasi blokada qilingani sababli don mahsulotlarining ortiqcha to‘planishi muammosiga duch kelgani haqida yozgan edi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu muammo Ukraina iqtisodiyotiga tahdid solmoqda, chunki mamlakat eksport daromadlarining qariyb 60 foizini don mahsulotlarini eksport qilish tashkil etadi.
Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA