Ueyn Runi: “Bellingem — JCH–2026ning eng yaxshi futbolchisi”
U menga o‘zimni eslatadi.
Angliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Ueyn Runi Jud Bellingemni JCH–2026ning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
“Dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida gap ketganda, ko‘pchilik Mbappe yoki Xolandni tilga oladi. Bellingem bu mavsum "Real”da hali ularning darajasiga to‘liq chiqmadi.
Ammo mening nazarimda, aynan Jud ushbu jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
U energiya, ishtiyoq va g‘alabaga chanqoqlik timsoli. Shu fazilatlari evaziga mehnatining samarasini olyapti. Bunday xarakter juda kam uchraydi.
Ko‘plab top futbolchilar vaziyat yaratishda asosan o‘z mahorati va texnikasiga tayanadi. Jud esa doimo kurashishga tayyor, och va g‘alabani juda istaydi. Uning o‘yinini tomosha qilish zavq bag‘ishlaydi.
Muxlislar aynan shunday futbolchilarni ko‘rishni xohlaydi. Ayniqsa, Angliya muxlislari futbolchilarning jamoa va gerb uchun oxirigacha kurashishini qadrlaydi.
U menga o‘zimni eslatadi. Bir daqiqa: “Bu yigit daho”, deb o‘ylaysan. Keyingi daqiqada esa: “Kurashda ehtiyot bo‘l, qizil kartochka olma”, deysan.
Men ham shunday edim. Ammo Jud buni eng muhim turnirda isbotlay oldi. U haqidagi barcha shubhalarga javob berdi", — dedi Runi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya JCH–2026 yarim finalida Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.